Линклар

Шошилинч хабар
27 июл 2024, Тошкент вақти: 07:00

O‘g‘irlab ketilgan o‘zbekistonlikning daragi chiqdi


Rossiyada bundan ikki hafta avval o‘g‘irlab ketilgan Rustam Zohidov Samarqand MXXsida ushlab turilibdi.

Samarqandlik 39 yoshli Rustam Zohidov 2011 yilning 21 dekabrida Sankt-Peterburgdan o‘g‘irlab ketildi.

Bu haqda 2 yanvar kuni Ozodlikka xabar qilgan Zohidovning rafiqasiga ko‘ra, eri O‘zbekiston tomonidan diniy motivlarda ayblanib, xalqaro qidiruvga berilgan bo‘lgan.

Xavfsizligini o‘ylab ismi sir tutilishini istagan ayolning aytishicha, uning eri Rossiyada “O‘zbekiston e‘lon qilgan qidiruvga binoan qo‘lga olingan va 9 oyda – 2011 yilning aprelida oqlanib chiqqan”.

Lekin oradan 7 oy o‘tgach, uni yana o‘g‘irlab ketishgan.

- Dekabr oyida uyimizga bostirib kelib notanish odamlar olib ketdi. Keyin O‘zbekistonga berib yubordida, deydi ayol.

Erini noma‘lum shaxslar olib ketganidan so‘ng ayol advokat yollagan. Advokat Rustam Zohidovning Rossiyadan olib ketilishi tafsilotlarini o‘rgangan.

- Advokat “qonuniy olib ketmagan, o‘g‘irlab olib ketilgan” deyapti. Uning deport qilingani hech qayerda qayd qilinmagan. O‘g‘irlab ketishgan, deydi Zohidovning rafiqasi.

Ayolning aytishicha, uning turmush o‘rtog‘i shu kunda Samarqanddagi Milliy xavfsizlik xizmatining tergov - hibsxonasida saqlanayapti.

Rustamning yaqinlariga u bilan uchrashishga ruxsat berishmayapti.

- Ota-onasi, akalari borgan ekan ko‘rsatmabdi, deydi aël.

Rustam Zohidov bilan bog‘liq voqeaga keyingi eshittirishlarimizda yana qaytamiz.

Rossiyalik huquq faollariga ko‘ra, O‘zbekistonda ta‘qib ostida bo‘lgan shaxslarning Rossiyadan yashirincha ekstraditsiya qilinish holatlari ko‘plab uchraydi.

Strasburg sudining ekstraditsiya qilmaslik borasida qarori bo‘lishiga qaramay, Rossiya ikki o‘zbek qochqini - Rustam Mo‘minov va Abdug‘ani Kamaliyevni O‘zbekistonga yashirin ravishda berib yuborgan edi.

Huquq faollari ma‘lumotiga qaraganda, so‘nggi uch yil ichida MDH mamlakatlaridan O‘zbekistonga yashirincha yoki oshkora ekstraditsiya qilingan fuqarolar soni yuzdan oshgan.

Ularning deyarli hammasi O‘zbekiston tomonidan diniy va siyosiy motivlarda ayblanayotgan fuqarolardir.
XS
SM
MD
LG