Линклар

Шошилинч хабар
26 апрел 2024, Тошкент вақти: 17:01

Bahs maydoni: Spiral oilaga yordammi yoki tug‘ishni cheklash?


O‘zbekistonda tug‘ish yoshidagi ayollarni bichish va ularga "spiral" qo‘yish kampaniyasi mamlakatda demografik muvozanatni saqlash urinishi o‘laroq ko‘riladi.
O‘zbekistonda tug‘ish yoshidagi ayollarni bichish va ularga "spiral" qo‘yish kampaniyasi mamlakatda demografik muvozanatni saqlash urinishi o‘laroq ko‘riladi.
Bugungi bahs maydonida raqiblar "O‘zbekistonda tug‘ish yoshidagi ayollarga ommaviy ravishda spiral qo‘yishni taklif qilish, haqiqatan ham hukumatning ayollar salomatligi borasida g‘amxo‘rligimi yoki bola tug‘ilishni cheklashga bo‘lgan urinishmi" degan mavzu ustida bahslashadilar.

O‘tgan yil davomida O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi tashabbusi bilan Toshkentdan viloyatlarga yuborilgan shifokorlar onalar va bolalar salomatligini nazorat qilish va ularga amaliy yordam ko‘rsatish maqsadida “Salomatlik haftasi” o‘tkazdilar.

Bu tadbirlar doirasida asosiy e‘tibor ayollarga tekin bachadon ichi vositasi, ya‘ni "spiral" qo‘yish taklif qilingan edi.

Joylardagi ota-onalar bu kampaniyani mamlakatda tug‘ish sur‘atini nazoratga olish urinishlarining bir qismi sifatida ko‘rayotganini aytgan edilar.

2010-2011 yillar davomida O‘zbekiston viloyatlaridagi qishloq hududlarida ayollarni majburiy sterilizatsiya qilish, ya‘ni bichish urinishlari kuzatilgani haqida Ozodlik o‘z vaqtida mushtariylarni xabardor qilgan edi.

O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi mamlakatda majburiy sterilizatsiya amaliyoti borligini mutlaqo rad etib keladi. Biroq, “Salomatlik haftasi” davomida ayollarga tekin spiral qo‘yish taklif qilinganini rasmiylar tan olgan edilar.

Jizzax viloyatining Do‘stlik tumanida yashovchi Haydarjon Toshkentdan kelgan do‘xtirlarning asl maqsadi onalar kasalliklarini davolash emas, balki spiral qo‘yish ekanligi haqida gapirgan edi:

- Mana bugun uchinchi kunki, biz turgan xo‘jalikka Toshkentdan doktorlar kelgan qishloq vrachlik punktiga. Xotinimning ikki-uch kundan beri mazasi yo‘q edi. “Doktorlar kelibdi. Borib ko‘rinib kelgin” deb jo‘natsam, “Yo‘q, u bizni ko‘rmas ekan. U faqat 2011 yilda tuqqan ayollarga tekinga spiral qo‘yishga kelgan ekan” deyapti. Bu nima masala? O‘zbekistonda odam soni ko‘payib ketdi demoqchimi, yo tepadan buyruq bo‘lganmi shunaqa. Tekinga spiral qo‘yib berar emish. Ko‘chama ko‘cha aytib yuribdi ayollarga “doktorlar keldi ko‘rininglar”. Ayollarga qanaqa doktor ekanligini aytmayapti. U yoqqa borgandan keyin so‘ralayapti. “Nima bo‘ldi?”, “Mening boshim og‘iriydi” yoki boshqa kasalni aytsa, “Yo‘q, siz kerakmas. Bizga 2011 yil tuqqan ayollar kerak. Tekin spiral qo‘yamiz” deyapti,- degan edi Haydarjon.

Bu haqdagi maqola Ozodlikning Internet saytiga qo‘yilganidan so‘ng, juda ko‘p sharhlar keldi. Jumladan mushtariy Shavkat Muhammad shunday deb yozdi:

"Mening fikrimcha bu yerda xech kanday salbiylik yo‘q. Bola ikkita bo‘lsin, ammo sifati a‘lo bo‘lsin. Sir emas, aqlan rivojlanishda bizning bolalar ancha ortda. Shaxsan mening fikrim: 2 bolani tarbiyali, ilmli qilib oyoqqa turg‘izish, olloh umr bersa keyin yana bu masalaga qaytarmiz. Har yili pechatniy stanokni ishga solavermay ikki uch yil dam olib salomatlikka e‘tibor berilsa, yaxshi bo‘lardi", deb yozgan edi Shavkat Muhammad.

Bugungi bahs mavzusi ham ana shundan kelib chiqdi. Tug‘ish yoshidagi ayollarga yoppasiga spiral qo‘yishni taklif qilish bu haqiqatan ham oilaga bo‘lgan g‘amxo‘rlikmi yoki bola tug‘ilishni cheklashga bo‘lgan urinishmi?

Bahslashuvchilar asli jizzaxlik, bugungi kunda Janubiy Qozog‘istonda yashab ishlayotgan 28 yoshli Shavkat Muhammad. U spiral qo‘yish zararli emas, bola “oz bo‘lsinu soz bo‘lsin”, degan fikrda.

Shavkatning opponenti Moskvadagi andijonlik mehnat muhojiri 30 yoshli Gulsara. U, o‘zbekka tug‘ishni cheklashga hech kimning haqqi yo‘q, degan fikrda.

Gulsara: Shavkatbek ikkita bo‘lsin, yaxshi bo‘lsin, debdi. Lekin o‘zbek xalqida shunday maqol bor. O‘nta bo‘lsa o‘rni boshqa, qirqta bo‘lsa qilig‘i. Olloh farzand berdimi, rizqini ham qo‘shib beradi...

Shavkat: Spiralning, mening fikrimcha, hech qanday yomon tomoni yo‘q. U o‘zidan asorat qoldirmaydi. Bizda bola ko‘p tug‘iladi. Mening o‘ylashimcha, bizda tug‘ilgan bolalar bilimi va fikrlashi jihatidan boshqa millat bolalaridan ancha ortda qolgan...

Gulsara: Shavkat, siz spiralning zarari yo‘q deyapsiz. Juda zarari borda. Yangi ko‘zi yorigan onaning bachadoni, shamollash holatlari bo‘lishi mumikn, spiral qo‘yilsa ko‘p qon ketish holatlari bo‘ladi. Bu zarar, har tomonlama zarar...

Shavkat: Bu ixtiyoriy, hech kim majburiy holatda spiral qo‘ymaydi. Bu haqda hech qanday qonun ham yo‘q.

Gulsara: Majburiy qo‘yiladi. Men o‘zim guvohi bo‘lganman, roddomdan chiqishda qo‘yib chiqarishyapti. Qo‘ymayman desang, suyunchi pulini bermaymiz deyishyapti...

Shavkat: Bu yerda hukumat haqiqatan ham ona-bolaning sog‘lig‘ini o‘ylayapti. O‘ylab qarang, mana bizlarda turmush kechirish qiyinlashib ketgan. To‘yib ovqat yemaydigan oilalar bor. Shunda holatda onalar va bolalar sog‘lig‘ini o‘ylash kerak emasmi?

Bahsning to‘liq variantini quyida tinglang.
XS
SM
MD
LG