Линклар

Шошилинч хабар
26 апрел 2024, Тошкент вақти: 11:19

“Paxtaning gapi”


Fotograf Aleksey Protchenkov 2011 yilgi paxta mavsumida olgan rasm.
Fotograf Aleksey Protchenkov 2011 yilgi paxta mavsumida olgan rasm.
Berlindagi Cinema For Peace, Anti Slavery va O‘zbekiston-Germaniya inson huquqlari forumi tashkilotlari O‘zbekistonda bolalar mehnatiga oid yangi filmni taqdim qilishdi.

Germaniyalik kinochilar Shtefani Trambov (Stefanie Trambow) va Erik Malxov (Erik Malchow) suratga olgan “Paxtaning gapi” (Cotton Speaking) filmi payshanba kuni Berlindagi inson huquqlari faollari va siyosat vakillariga taqdim qilindi.

Film 2011 yil paxta mavsumida O‘zbekiston dalalarida maktabga bormasdan paxta terayotgan bolalar mavzusini yoritadi.



O‘zbekiston 2008 yilda majburiy bolalar mehnatini cheklovchi konventsiyaga qo‘shilgan bo‘lsa-da, vaziyat 2011 yil ham o‘zgarmagani kuzatildi.

O‘zbekistan avvalgiday barcha maktablarni yopib, bolalarni ommaviy tarzda paxtaga chiqaradigan dunyodagi yagona davlat sifatida ko‘rilmoqda.

Bu holat O‘zbekistonda paxta terishga loyiq kattalar va mexanizatsiya yo‘qligi bilan emas, balki hukumatning paxtadan kelayotgan va hech kim nazorat qilmaydigan ulkan foydani tezroq qo‘lga kiritish istagi bilan izohlanadi.

Bolalar mexnati o‘zbek hukumatdorlari uchun qo‘shimcha daromad manbaiga aylanib bo‘lgani aytiladi.

Film Germaniyadagi uch tashkilot mahsuloti hisoblanadi.

Tinchlik uchun kino jamg‘armasi (Cinema For Peace), qullika qarshi kurash tashkiloti (Anti Slavery) va O‘zbekiston-Germaniya inson huquqlari forumi faollari bu film bilan Germaniyadagi paxta tijorati va gazlama sanoati mulozimlari diqqatini qaratishni maqsad qilganlarini aytishdi.

Filmga nemis bastakori Eloi Ragot (Eloi Ragot) maxsus musiqa yozgan. G‘amgin ohangli bu musiqa O‘zbekistondagi majburiy bolalar mehnatining emotsional qiyofasini kinotomoshabinlar shuuriga singdiradi.

Film nemis tilida bo‘lib tasvir ostida inglizcha subtitrlar bor.
XS
SM
MD
LG