Линклар

Шошилинч хабар
26 апрел 2024, Тошкент вақти: 02:53

O‘zbek olimi yangi o‘g‘it ixtiro qildi


"Karomatli tuproq" nomli galukonit jinslarini O‘zbekistonning g‘arbiy qismida ko‘p uchratsa bo‘ladi.
"Karomatli tuproq" nomli galukonit jinslarini O‘zbekistonning g‘arbiy qismida ko‘p uchratsa bo‘ladi.
O‘zbekistonning 8 hududida mavjud bo‘lgan glaukonit jinslaridan o‘g‘it olish, mamlakat dehqonchiligi uchun muhim kashfiyot sifatida ko‘rilmoqda.

O‘zbekistonlik 69 yashar olim, texnika fanlari nomzodi Solijon Bovaddinov glaukonit jinslaridan o‘g‘it yaratishga umrining 30 yilini sarfladi.

O‘zbekiston fanlar akademiyasining Qoraqalpog‘iston bo‘limida tadqiqot olib borgan olim xalq orasida "karomatli tuproq" nomi bilan mashxur bo‘lgan glaukonit maxsus ishlovdan keyin, paxta va sholi ekiladigan yer maydonlar hosildorligini oshiradigan o‘g‘itga aylanishini ilmiy izlanish mobaynida kashf qildi.

Shu paytgacha bo‘yoq sanoatida foydalanib kelingan glaukonitdan o‘g‘it olish g‘oyasi Amudaryo yoqasidagi dehqonchilik tarixini o‘rganish mobaynida yuzaga chiqdi, deydi Ozodlik radiosi bilan suhbatda olim Solijon Bovaddinov.

- Xalq orasida "karomatli tuproq" deb ataladigan glaukonitni dehqonlarimiz ot aravalarda tashib yerga o‘g‘it sifatida ishlatishgani haqidagi keksa dehqonlarning hikoyalari bois men bu sohada izlanishlar olib bordim. Chimboydagi 80 gektarlik ilmiy tajriba uchastkasida uzoq yillar mobaynida bu o‘g‘itni paxta va sholi ekinlariga tadbiq qilib ilmiy xulosalarga keldim, deydi olim.

O‘zbekiston fanlar akademiyasi Qoraqalpoq bo‘limi ilmiy kotibi Esbo‘sin O‘taniyozov hamkasbi o‘tkazgan tadiqoqt natijalari ilm olamida sensatsiya hosil qildi, deydi Ozodlik bilan suhbatda.

- Qoraqalpog‘istonning Qirontov hududida Glaukonitning ulkan zahirasi mavjud. Solijon Bovaddinov 30 yil mobaynida Glaukonit tarkibidagi kaliy moddasini o‘g‘it sifatida ishlatish g‘oyasini amalga oshirish uchun tirishdi. Izlanishlar esa nihoyatda samarali bo‘ldi. Odatda glaukonitdan rang pigmentlari olinar edi. Undan o‘g‘it yaratish fikri esa yangilik bo‘ldi. Bu o‘g‘it paxta hosildorligini gektariga 5 tsentnerga oshiradi. Paxtani sug‘orish uchun sarf bo‘ladigan suv miqdorini 15 foiz tejash imkonini beradi. Bu o‘g‘it uchun patent olyapmiz. Patent byurosiga barcha hujjatlar topshirildi, deydi O‘zbekiston FA ilmiy kotibi.

Uning aytishicha, glaukonitdan olinadigan o‘g‘it Xorazm va Qoraqalpog‘iston uchun muxim muammo bo‘lgan yer sho‘rlanishining oldini olishda ham samara berishi mumkin.

Glaukonitdan o‘g‘it yaratgan olim Solijon Bovaddinov o‘zining 30 yillik izlanishlarini kitob qilib yozish rejasi borligini ham aytdi Ozodlik muxbiriga.
XS
SM
MD
LG