Линклар

Шошилинч хабар
05 май 2024, Тошкент вақти: 04:10

O‘zbek jaz musiqasi asoschilaridan biri olamdan o‘tdi


Yevgeniy Jivayev.
Yevgeniy Jivayev.
Saksofon va fleytani nay va chang ovoziga omuhta qilib Botir Zokirov qo‘shiqlarini jarangdor qilgan drijer va bastakor Yevgeniy Jivayev 75 yoshida vafot etdi.

O‘zbekistonda jaz musiqasi yaratilish jarayonidagi yirik arbob, drijer va bastakor Yevgeniy Jivayev dushanba kuni Toshkentda dafn qilindi.

O‘tgan haftada 75 yoshida olamdan o‘tgan Yevgeniy Jivayev umrining oxirigacha “O‘zbekiston” jaz orkestriga drijerlik qilib keldi.

Botir Zokirov, Muhabbat Shamayeva, Ra‘no Sharipova, Mansur Toshmatov ijrosidagi qo‘shiqlarning mashxurligini ta‘minlagan shaxs aynan Yevgeniy Jivayev edi, deb eslaydi O‘zbekiston bastakorlar uyushmasi raisi, professor Rustam Abdullayev.

Teleradiokompaniyada ishlar ekan, Jivayev, Ra‘no Sharipova, Mansur Toshmatov, Botir Zokirov va Muhabbat Shamayeva ijrosidagi qo‘shiqlarni radio “oltin hazinasi” uchun yozib qoldirish tashabbusi bilan chiqqan.

Bu tashabbus bois o‘zbek estrada-jaz musiqasining oltmishinchi-saksoninchi yillardagi ijrosi, kelajak avlodlar uchun saqlab qolindi.

Dushanba kuni Jivayevning Toshkentdagi dafn marosimida gapirgan O‘zbekiston xalq artisti Farruh Zokirov Yevgeniy Jivayevni buyuk o‘zbek musiqachilarining "So‘nggi Mogikani" deb atadi.

XIX asr oxirida Afrika va Yevropa musiqasi sintezi o‘laroq vujudga kelgan jaz janri (ingliz tilida Jazz) Markaziy Osiyoda O‘zbekistonda sovet davrida rivojlangani kuzatildi.

Moskva va Leningraddan keyin Toshkentda tashkil qilingan Myuzik Holl 70-yillarning oxirlarida o‘zbek jaz musiqasi uchun sahna bo‘lgan edi.
XS
SM
MD
LG