Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 20:32

O‘zbek-tojik chegarasidagi bojxona postlari yopildimi?


Rasmiy ma‘lumotlarga ko‘ra, o‘zbek-tojik chegarasida 16 ta bojxona posti bor.
Rasmiy ma‘lumotlarga ko‘ra, o‘zbek-tojik chegarasida 16 ta bojxona posti bor.
Tojikiston Bojxona qo‘mitasi raisi muovini Ne‘mat Rahmatov O‘zbekiston bilan chegaralarda faoliyat qilayotgan 16 bojxona postidan to‘qqiztasi Toshkent qarori bilan yopib qo‘yilganini bildirdi.

- O‘zbekiston va Tojikiston o‘rtasida 1992 yil imzolangan shartnomaga muvofiq, chegara hududlarimizda 16 ta bojxona posti faoliyat yuritishi lozim. Ammo ayni paytda shu postlardan to‘qqiztasi yopib qo‘yilgan. O‘tgan yil 1 avgustida ular Tojikistonning shimoli bilan chegaradosh hududlaridagi uchta postda ta‘mirlash ishlari olib borilayotgani sababli yopilganini xabar qilgan edi. Ammo qolgan oltita bojxona postining nega yopilgani hamon noma‘lum, - deya bildirgan 16 yanvar kuni jurnalistlarga matbuot anjumani bergan rasmiy Rahmatov.

Biroq Tojikiston Bojxona qo‘mitasi raisi muovini Ne‘mat Rahmatovning O‘zbekiston bojxona postlarini yopganiga oid gaplarini shu idoraning matbuot xizmati rahbari Nurullo Sharifzoda tasdiqlamadi.

- O‘zbekistonning ham boshqa davlatlar singari o‘z qonun qoidasiga bor. Biz bunga daxl qila olmaymiz. Masalan, dam olish kuni, profilaktika kuni yoki tekshirish kuni sababli ba‘zan bir kun, ikki kun bojxona postlari yopiladi. Ba‘zan shubhali yuklar to‘g‘risida ma‘lumot yuzasidan maxsus tekshiruvlar bo‘lib qolishi mumkin. Shunga qaramay, ular biz bilan doimiy aloqada, hamkorlikda bo‘lib turibdi. Bordiyu postlar yopilsa, ular bu haqida bizga albatta xabar beradi. Zero, O‘zbekiston ham eksport, ham importdan manfaatdor, - dedi Tojikiston Bojxona qo‘mitasi mas‘uli Nurullo Sharifzoda.

Asnoda O‘zbekistonning Dushanbedagi elchixonasi rasmiylari ikki davlat chegaralarida mavjud 16 ta bojxona postidan to‘qqiztasi faoliyat qilmayotganiga oid ma‘lumotlardan xabarsiz ekanlarini aytdi.

So‘nggi vaqtlar Tojikiston rasmiylari O‘zbekiston tomonini nazorat-o‘tkazish postlari yoki bojxona postlarini rasmiy ogohlantirishsiz yopib qo‘yayotganlikda ayblab chiqmoqda. Bunga munosabat bildirgan tojikistonlik iqtisodchi, o‘zbek-tojik munosabatlarini ko‘p yillardan buyon kuzatib kelayotgan mustaqil tahlilchi Hojimuhammad Umarov O‘zbekiston hukumati Tojikistonga nisbatan bepisandlik bilan ish yuritayotganini ta‘kidladi.

Ayni paytda tahlilchi Umarov bunga Tojikiston davlat idoralaridagi kadrlarning o‘z ishini yaxshi bilmasligi ham sabab bo‘layotganini qo‘shimcha qildi.

- Zero, ularning ko‘pchiligi noob‘ektiv ravishda bu vazifalarga tayinlangan. Shu sababli ular o‘z zimmasidagi vazifani yaxshi bajara olmaydi. Hatto mulozimlarning 92 foizi boshqa davlatlar bilan muzokara qila olmaydi. Bu, o‘z navbatida, o‘sha davlat rasmiylarining ishonchi yo‘qolishiga sabab bo‘lmoqda, - deya mulohaza bildirdi tahlilchi Umarov.

Boshqa bir tahlilchi Abdug‘ani Mamadazimov fikricha, Sovet Ittifoqi tarqab ketganidan so‘ng O‘zbekiston bilan Tojikiston o‘rtasida imzolangan bir qator hamkorlik shartnomalari qog‘ozdan amalga ko‘chmagan.

Boshqa tomondan, siyosiy tahlilchiga ko‘ra, O‘zbekiston tomoni Tojikiston oldidagi xalqaro majburiyatlarini ham bajarmayapti.
XS
SM
MD
LG