Линклар

Шошилинч хабар
23 май 2024, Тошкент вақти: 04:19

FIFA: O'zbek futbolchilari Osiyoning eng yaxshi beshligida


O‘zbekiston milliy jamosi.
O‘zbekiston milliy jamosi.
Futbol uyushmalari xalqaro federatsiyasi (FIFA) 18 yanvar kuni jahondagi milliy jamoalar yangi reytingini e‘lon qildi.

O‘zbekiston Futbol federatsiyasi matbuot xizmatining muxbirlarga bildirishicha¸ o‘zbek milliy jamoasi bu reytingda 8 pog‘onaga balandlagan va 495 ball bilan jahon ro‘yxatida 67-o‘ringa qo‘yilgan.

Ayni paytda¸ FIFA xulosasiga ko‘ra¸ futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy jamoasi Osiyo jamoalari orasida 5-o‘rinni egallagan va bu ro‘yxatda ilk bor¸ Xitoydan tepaga ko‘tarilgan.

Osiyo jamoalari ro‘yxatida Yaponiya¸ Avstraliya¸ Janubiy Koreya va Eron futbolchilari birinchi to‘rtlikdan joy olgan.

FIFA reytingi bo‘yicha dunyo milliy jamoalari ro‘yxatining birinchi pog‘onasini 1564 ball bilan Ispaniya¸ ikkinchilikni 1365 ball bilan Hollandiya va uchinchilikni 1345 ball bilan Germaniya futbolchilari egalladi.

Hozirda O‘zbekiston milliy jamoasi futbol bo‘yicha Braziliyada o‘tadigan 2014 yilgi jahon chempionati saralash o‘yinlarining 4-bosqichiga yo‘llanma olgan va Vadim Abramov o‘z jamoasining Braziliyaga borish imkonlarini yuqori baholamoqda.
XS
SM
MD
LG