Линклар

Шошилинч хабар
04 декабр 2024, Тошкент вақти: 04:32

Blog: Qozog‘istondagi o‘zbek mardikorlari yoki "xozyain", "posrednik" va "elita"


Qozog‘istondagi o‘zbek mardikorlarini uch toifaga bo‘lish mumkin.

Birinchisi “xozyain”li (ish beruvchisi bor)lar toifasi. Ularning tashvishi oz bo‘ladi. Ular uchun ish topish, yotoq va oziq-ovqat, pulni undirib olish, hujjatlar masalasini “xozyain” hal qiladi. Odatda ular maoshga ishlaydi va ishlarining asl narxini bilishmaydi. Ish beruvchi esa ularni ishlatib, yaxshigina foyda ko‘radi.

Ikkinchi toifa ishchilar “posrednik”lar bilan birga ishlaydi. Ular asosan guruh-guruh bo‘lib ya‘ni “brigada” bo‘lib kelishadi. Ularning yotib-turishi kurilishda bo‘ladi. O‘rtada turgan odam- “posrednik” bu “brigada” ishlab topgan pulining 15-20 foizini oladi. Ayrim hollarda “posrednik” bir ishchining to‘liq pulini oladi ya‘ni ishlab topilgan pul barchaga, jumladan, o‘rtada turgan odamga ham teng bo‘linadi. Bu ikki tomonga ham ma‘qul. Mardikorlar ish izlab sarson bo‘lmaydi, bir ishni bitirguncha keyingi ishni “posrednik” topib qo‘yadi. Mijozdan pulni olib berish ham “posrednik”ning vazifasi.

Uchinchisi “elita” toifasidagi ishchilar. Ular odatda mahoratli, o‘ziga ishongan ustalar. Ular mustaqil ish yuritadilar. Erki o‘zida bo‘ladi, ishlab topgan pulini hech kim bilan bo‘lishmaydi. Ish narxi boshqa ishchilarnikiga qaraganda ancha baland. Gazeta-jurnaldan e‘lon bo‘yicha, tanish-bilishlar orkali ish topishadi. Odatda “elita” ishchilari mahalliy tilni, urf odatlarni yaxshi bilishadi.

Qozog‘istonda o‘zbek mardikorlariga arzon ishchi kuchi va sifatli ishlashi uchun talab katta. O‘zbek ishchilari tez va sifatli ishlaydi. Ular ishdagi qiyinchiliklar va ob-havo injiqliklariga o‘ta chidamli.

Bir qozoq mijozimiz “O‘zbeklarning tepasida turib, ishini nazorat qilish shart emas, ular astoydil ishlaydi” degan edi.

Qurilish materiallari va oziq-ovqatini ta‘minlab turilsa bas. O‘zbek ishchisi azonda turib, qorong‘u tushguncha tinim bilmaydi.

Buni qadrlagan aksar qozog‘istonliklar o‘zbekka mehnat haqini ko‘ngildagidek berib, jo‘natadi.

Lekin o‘zbek mardikori uchun “xavfli” bo‘lgan bir jihat borki, ishlatib pulini bermaydiganlar ham uchrab turadi. Ish bitguncha shartlashilgan pulning yarmidan ko‘pi ushlab turiladi. Ish bitgach, ishdan kamchilik topib, janjal chikarib, ishchilar haydab yuboriladi. Yoki ataylab politsiyaga ushlab berishadi.

Shunisi borki, Qozog‘istonda qonuniy ishlash qiyin, litsenziya juda qimmat - 200 000 tenge deb eshitdim (1350 AQSh dollari - tahr.). Shu sababdan deyarli barcha muhojirlar noqonuniy ishlashadi.

Migratsiya politsiyasi tez-tez “oblava” qilib, tekshirishlar o‘tkazib noqonuniy mehnat muhojirlarini tutib ketishadi. Ishchilar doim politsiya ushlashidan xavotirlanib yuradi. Ish beruvchi yoki brigadirlar ushlab olib ketilgan ishchilarni politsiyaga pul berib chiqarib oladi. Lekin oradan biroz vaqt o‘tgach boshqa politsiyachi keladi.

Shuning uchun odatda politsiyachilarga ochiqchasiga pul taklif qilinadi. Pul evaziga politsiya mardikorlarga o‘zi “krisha” bo‘lib, himoyasiga oladi.

Shavkat Muhammad.

Qozog‘iston. 2012 yil. 19 yanvar.
XS
SM
MD
LG