Линклар

Шошилинч хабар
27 июл 2024, Тошкент вақти: 07:20

O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi finalda yutqazdi


23 yanvar kuni Dubai Matchworld Cup 2012 chempionati doirasida Sankt-Peterburgning "Zenit" va O‘zbekiston olimpiya terma jamoalari o‘rtasidagi final o‘yin 5-0 hisobida peterburgliklar foydasiga hal bo‘ldi.

Asosan "Zenit"ning hujumlariga boy o'tgan o'yinda gollarga Lazovich ('10), Rozina ('68, '80) va Danni ('83, '86) mualliflik qildilar.


O‘yinning asosiy qismiga qo‘shib berilgan vaqtda O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi 11 metrlik jarima to‘pi amalga oshirish huquqini qo‘lga kiritdi. Ammo bu imkoniyatdan Aleksandr Geynrix foydalana olmadi.



Shunday qilib Zenit jamoasi Dubai Matchworld Cup 2012 chempionati g‘olibligini qo‘lga kiritdi.

Shuningdek, bugun Dubai Matchworld Cup 2012 chempionati doirasida uchinchi va to‘rtinchi o‘rin uchun bo‘lib o‘tgan uchrashuvda "Bunyodkor" futbol klubi Ukrainaning "Shaxtyor" klubi ustidan g‘alaba qozondi.

23 yanvar kuni Toshkent vaqti bilan soat 18da boshlangan o‘yin vaqti 1:1 hisobidagi durang natija bilan yakunlandi.

O‘yin yakunida berilgan 11 metrlik jarima to‘pi bahsida "Bunyodkor" futbolchilari ustunlikka erishdi va 5:4 hisobida "Shaxtyor" jamoasi ustidan g‘alaba qozondi.


Ushbu o‘yin Toshkentning "Bunyodkor" futbol klubiga Dubai Cup chempionatning bronza medalini keltirdi.
XS
SM
MD
LG