Линклар

Шошилинч хабар
13 октябр 2024, Тошкент вақти: 05:36

"Badjahl qushlar" endi Facebook ijtimoiy tarmog'ida


O'tgan yilning eng mashhur mobil o'yini deya e'tirof etilgan "Angry Birds" endi Facebook ijtimoiy tarmog'ida ham ishga tushiriladi. Bu haqda ushbu o'yinni yaratgan Rovio shirkati e'lon qildi.

Penn Olson blogi tarqatgan xabarga ko'ra, "Angy Birds", ya'ni "jahldor qushlar" o'yinining dunyodagi eng katta ijtimoiy tarmoq uchun ishlab chiqarilgan versiyasi bepul bo'ladi. Biroq foydalanuvchilar uning ayrim funksiyalarini atigi 99 sent evaziga sotib olishlari mumkin.

Rovio shirkati vakillariga ko'ra, Facebookdagi "Angry Birds" o'yini yaxshilangan animatsiyaga ega bo'ladi va uni o'yin davomida kompyuterning butun ekraniga kattalashtirsa ham bo'ladi.

O'yinning yangi versiyasi "ijtimoiy" bo'lishi kutilmoqda. Sababi Facebook foydalanuvchilari o'yin davomida ochkolar to'plab, tarmoqdagi do'stlari bilan bellashish imkoniga ega bo'lishadi.

Tahlilchilarga ko'ra, yangi "Angry Birds"ning aynan "ijtimoiy" tarafi Rovio shirkatiga millionlar olib kelishi mumkin.

"Angry Birds" o'yini ilk marotaba 2009 yili Apple shirkatining iOS operatsion dasturi uchun ishlab chiqilgan edi. Qisqa vaqt ichida dunyo bo'ylab mashhur bo'lgan o'yinning bugun bir nechta versiyalari bor.

Xabarlarga ko'ra, "jahldor qushlar" o'yini jami 700 million marotaba yuklab olingan. O'zbekistonda ham bu o'yin shaydolari soni oz emas.

Sizchi? Aziz mushtariy, siz "Angry Birds" o'ynaganmisiz?
XS
SM
MD
LG