Chagayevga homiylik qiladigan Germaniyadagi Universum Box-Promotion vakili Shtefan Zoltauning “Ozodlik” radiosiga bildirishicha, o‘zbek bokschisi jahon chempionligi kamari uchun jang olib borish ahdida qat‘iydir va uning kechagi jangi bunga qodirligini ko‘rsatdi.
- Ruslan kecha go‘zal jang ko‘rsatdi. U raqibini nokaut qilib qo‘yishiga sal qoldi. O‘ylaymizki, Ruslan hali ko‘p narsaga qodir va keyingi janglarni ham shu zaylda davom ettiradi, deb umid qilamiz, - dedi Zoltau.
Rossiyalik Aleksandr Povetkin bilan jangdagi mag‘lubiyatidan besh oy o‘tib, o‘zbekistonlik bokschi Ruslan Chagayev 28 yanvar kuni trinidad-va-tobagolik raqibi Kertson Mansvell ustidan g‘alaba qozondi. Jang Germaniyaning Hamburg shahrida bo‘lib o‘tdi.
Jang boshlanishi bilanoq ochkolar bo‘yicha ustunlikni qo‘lga kiritgan Ruslan uchrashuv so‘ngigacha bu ustunlikni boy bermadi.
Chagayev o‘zidan ko‘ra bo‘yi balandroq bo‘lgan Mansvellning boshiga chap qo‘l bilan to‘g‘ridan va yonboshdan ko‘plab zarbalar berishga muvaffaq bo‘ldi, biroq Ruslanning raqibi ham oyoqda sobit ekanini namoyish qildi.
Chagayev hatto so‘nggi raundda raqibini nokdaun qilishga erishdi, ammo nokdaun og‘ir bo‘lishiga qaramay, Mansvell jang oxirigacha oyoqda qololdi.
Jang so‘ngiga kelib, Ruslan Chagayevning g‘alaba qozonganiga na tomoshabinlarda, na hakamlarda, na-da bokschilarning o‘zlarida shubha qolgan edi. Shuning uchun ham hakamlarning Chagayev g‘alaba qozongani haqida e‘lon qilgan qarori shunchaki rasmiy e‘tirof bo‘lib qoldi, xolos.
Chagayev-Mansvell jangining 7-raundi
Chagayevning 35 yoshli raqibi Kertson Mansvell 25 ta jang o‘tkazib, 22 tasida g‘alaba qozongan, uchta o‘yinda yutqazgan, 17 o‘yinni nokaut bilan tugatgan. U 2009 yilda super og‘ir vaznda Trinidad va Tobago chempioni bo‘lgan.
Ikkala qo‘li bilan kuchli zarbalar berish qobiliyatiga ega bo‘lgani uchun “Oq Tayson” laqabini olgan Ruslan Chagayev esa bungacha professional ringda 27 ta jang o‘tkazib, 24 tasida g‘alaba qozongan, ikkita o‘yinda mag‘lubiyatga uchragan, bir o‘yinni durang bilan yakunlagan. Ruslan ham Kertson kabi 17 ta o‘yinni nokaut bilan tugatgan.
Janob Zoltauga ko‘ra, Chagayev shu yilning o‘zida bokschi uch-to‘rtta jang o‘tkazishi mumkin.
- Ruslan uchun bu g‘alaba juda muhim edi. Endi u chempionlik kamari uchun aka-uka Klichkolardan biri bilan, balki yana Povetkin yoki bo‘lmasa, germaniyalik Marko Huq bilan jang qilishi mumkin. Lekin uning navbatdagi raqibi kim bo‘lishi hozircha aniq emas, - dedi Zoltau.
Ruslan Chagayev 2007 yilning 14 aprel kuni rossiyalik raqibi Nikolay Valuyevni yengib, ilk bor professional boksning WBA yo‘nalishi bo‘yicha eng og‘ir vazn toifasida Jahon chempioni bo‘lgandi. Lekin bundan ikki yarim yil avval ukrainalik bokschi Vladimir Klichkodan mag‘lubiyatga uchrab, eng og‘ir vazn toifasida chempionlik kamaridan mosuvo bo‘ldi.
O‘zbekistonning Andijon shahridan bo‘lgan Ruslan Chagayev bir necha yildan buyon Hamburgdagi Universum Box-Promotion klubida shug‘ullanib keladi.