Линклар

Шошилинч хабар
26 апрел 2024, Тошкент вақти: 07:27

Qodirjon Botirovga nisbatan hukm kuchda qoldirildi


Qirg‘izistondagi mahkama mahalliy etnik o‘zbek jamoasi yetakchisi Qodirjon Botirovga nisbatan bir umrlik qamoq jazosi ayinlash haqidagi hukmni o‘z kuchida qoldirdi.

Qirg‘iziston janubidagi Jalalobod shahri mahkamasi O‘zbek milliy-madaniy markazi rahbari bo‘lgan Botirovni milliy nizolarni "uyushtirish"da aybdor deb topib, sirtdan bir umrlik qamoq jazosiga hukm etgan edi.

Mahkama, shuningdek, unga tegishli mol-mulkni musodara etish qarorini chiqargandi.

Shu kunlarda Shvetsiyadan siyosiy boshpana olgan Qodirjon Botirov o‘ziga qo‘yilgan aylovni rad etib keladi.
XS
SM
MD
LG