Линклар

Шошилинч хабар
20 апрел 2024, Тошкент вақти: 09:40

Angliyada futbol fanati o'zini darvoza ustuniga kishanladi


Futbol ishqibozlari nimalarni o'ylab topmaydi-ya...
Futbol ishqibozlari nimalarni o'ylab topmaydi-ya...
Dunyodagi eng ashaddiy futbol ishqibozlari Angliyada bo'lsa kerak. Chunki ular bilan bog'liq qiziqarli hodisalarga tez-tez guvoh bo'lib turamiz va bu oddiy holga ulgurib bo'lgan. Shunday "oddiy voqea"larning biri 31 yanvar kuni o'tgan "Everton" - "Manchester Siti" uchrashuvida ro'y berdi.

Mamlakat chempionati doirasida o'tgan o'yinning qoq o'rtasida "Everton" klubi muhlisi maydonga yugurib chiqdi va o'zini ... darvoza ustuniga kishanladi.

Odatda futbol shaydolari yalang'och holda maydon ichra yugurishadi yoki o'yinchilarga plastik idishlarni uloqtirishadi. "Everton" ishqibozi esa o'zini darvozaga kishanlashni ma'qul ko'rgan ko'rinadi.



The Daily Mail nashriga kora, maydonga chiqgan 46 yoshli fanatning futbolkasiga "Ryanair" avia shirkatini tanqid qiluvchi yozuv tushirilgan bo'lgan. Aniqlanishicha, bu "qilig'i" orqali futbol fanati qizini ishga olmagan avia shirkatga nisbatan noroziligini bildirmoqchi bo'lgan, holos.

Norozi fanat tufayli 5 daqiqaga to'xtatilgan o'yin "Everton" jamoasining g'alabasi bilan yakunlandi (1:0). O'yinning 60-daqiqasida kiritilgan yagona golga Darron Gibson mualliflik qildi.
XS
SM
MD
LG