Линклар

Шошилинч хабар
20 апрел 2024, Тошкент вақти: 03:29

Ban Ki Mun korteji toshbo‘ron qilindi


Bugun G‘azo mintaqasida falastinlik namoyishchilar BMT Bosh kotibi Ban Ki Mun kortejiga tufli, tosh va boshqa narsalarni otishdi.

Voqea Ban Ki Mun falastinliklar bilan uchrashish uchun G‘azo mintaqasiga kelganida sodir bo‘ldi.

Arab madaniyatiga ko‘ra, hurmatsizlik belgisi sifatida oyoq kiyim otiladi.

Falastinlik namoyishchilar Isroil qamoqxonalarida qolayotgan falastinliklarga ko‘mak ko‘rsatilmayotganidan norozi ekanliklarini aytishgan.

Hozirda Isroilda 4000 nafar falastinlik mahbus borligi aytiladi.
XS
SM
MD
LG