Линклар

Шошилинч хабар
27 июл 2024, Тошкент вақти: 06:26

Angliyalik "futbolsevar" mushuk yulduzga aylandi


Angliya futbol olamida qiziqarli voqealarning tez-tez sodir bo'lib turishiga ko'nikib qolgan bo'lsangiz kerak. Shunday voqealardan eng so'ngisi 6 fevral kuni "Liverpul" va "Tottenhem" jamoalari o'rtasida o'tgan uchrashuv vaqtida ro'y berdi.

"Liverpul" klubiga tegishli "Enfield" stadionida o'tgan o'yinning 10-daqiqasida maydonga to'satdan mushuk (adashmadingiz, fanat emas oddiy mushuk) yugurib chiqdi. Maydonga yugurib chiqadigan futbol ishqibozlaridan farqli o'laroq, mushuk "Tottenhem" darvozaboni oldida ozgina yurib, so'ngra o'zi stadion chetiga chiqdi. "Surbet" mushukni stadion xodimlari oib chiqib ketishdi.



O'yinni bir daqiqaga to'xtatib qo'ygan mushuk kimga tegishli, u qay tarzda stadionga kelib qoldi va qanday qilib maydonga yugurib chiqdi, degan savollar hozircha javobsiz qolmoqda.

Futbol ishqibozi bo'lgan mushukning bu qilig'i darholda Angliya matbuotidagi birinchi mavzuga aylandi. 0:0 hisobi bilan yakinlangan o'yin tugashi bilanoq mushuk telekanallar, gazeta va jurnallarning yulduziga aylandi.

Angliyalik anonim Twitter foydalanuvchisi esa mushukga blog ham ochdi. Blog muallifi mushuk nomidan "tvit"lar, ya'ni xabarlar qo'ymoqda. Xabarlarda "Enfield mushugi" asosan o'yinchilarni masxara qiladi.

- Maydonda qilgan 3 daqiqalik chiqishmda men Styuart Douningga ("Liverpul" o'yinchisi) qaraganda ko'proq futbolchilarni aldab o'tdim, - deyiladi "tvit"larning birida.

Yana bir "tvit"da mushuk "Everton" futbol klubi u bilan shartnoma imzolaqchi ekani haqida yozdi. Ushbu xabar yozilayotgan vaqtda mushukning Twitter sahifasiga 20 mingdan ziyod kishi obuna bo'lgan edi.

Angliya matbuoti xabar berishicha, "Enfield mushugi" stadionga chiqgan birinchi mushuk emas. 1964 yili maydonga yugirub chiqgan qora mushuk "Liverpul" va "Arsenal" jamoalari o'rtasida o'tgan o'yinni bir necha daqiqaga toxtatib qo'ygan.
XS
SM
MD
LG