Линклар

Шошилинч хабар
25 апрел 2024, Тошкент вақти: 17:09

“O‘zbekiston havo yo‘llari”ning samolyot parki yangilanmoqda


O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirish va taraqqiyot jamg‘armasi ikkita “Boeing 767-300ER” rusumidagi samolyot va unga ehtiyot qismlar sotib olish uchun “O‘zbekiston havo yo‘llari” milliy aviakompaniyasiga 106,93 million AQSh dollari miqdorida kredit ajratadi.

Uzdaily.uz nashri xabariga ko‘ra, Vazirlar mahkamasi shu oy boshida “O‘zbekiston havo yo‘llari” milliy aviakompaniyasi samolyotlarini yangilash chora tadbbirlari to‘g‘risida qaror qabul qilgan.

Mazkur qarorga muvofiq kredit O‘zbekiston Respublikasining Tashqi iqtisodiy faoliyat banki orqali beriladi.

“O‘zbekiston havo yo‘llari” ko‘p yillardan beri eski samolyotlarni yangilariga almashtirib kelayapti.

Shirkat Amerikaning Boing kompaniyasiga ikkita “Boing-787 Dreamliner” rusumidagi zamonaviy va tejamkor samolyotlar yetkazib berishga ham buyurtma bergan.

Hozirda “O‘zbekiston havo yo‘llari”ning yangi samolyotlari Nyu York, London, Parij, Madrid, Bryussel, Moskva kabi yirik shaharlarga parvoz qilmoqda.
XS
SM
MD
LG