Линклар

Шошилинч хабар
28 март 2024, Тошкент вақти: 16:07

"Putin hibsga olindi"?


YouTube videoportaliga “Vladimir Putinning qo‘lga olinishi: Sud zalidan reportaj” deb nomlangan 50 sekundlik qalbaki video uch kun ichida qariyb 3 million marta ko‘rildi va yuzlab rus bloglariyu vebsahifalarida qayta chop etildi.

Videoni ko‘rganlar unga qoldirgan sharhlar soni 18 mingtadan oshdi. Jumladan ular orasida film prodyuseriga Oskar mukofoti berish taklifi ham bor.

Bir qarashda haqiqiy bo‘lib ko‘rinadigan va Rossiya televideniyesi uslubida boshlanadigan videoda Rossiya “sobiq” Bosh vaziri Vladimir Putinning korruptsiya va jamoatchilikni qo‘rqitish va hukumatga ta‘sir o‘tkazish maqsadida terrorchi harakatlarda ishtirok etganlikda ayblanayotgani aytiladi.



Videoda Putin "suvga tushgan mushukdek" qafas ichida o‘tirar ekan, sudya savollariga javob beradi.

Sudya: Familiyangiz, ismi sharifingiz.

Putin: Putin Vladimir Vladimirovich.

Sudya: Millatingiz?

Putin: Rossiya federatsiyasi fuqarosi.

Videoga ulangan audio tovush Putinning 2010 yilda Rossiyada o‘tkazilgan aholini ro‘yxatga olishdagi ishtiroki haqida televideniyeda ko‘rsatilgan dasturdan olingan.

Videoda Putin “sudi”dagi sudya sifatida Mixail Xodorkovskiyni sud qilgan Viktor Danilkin "qatnashadi".

Bu videoga Putin yoki prokurorlar tomonidan hech qanday munosabat bildirilganicha yo‘q.
XS
SM
MD
LG