Линклар

Шошилинч хабар
19 апрел 2024, Тошкент вақти: 16:08

O‘zbek futbolchilari FIFA reytingida 10 pog‘ona pastladi


O‘zbekiston milliy terma jamoasi.
O‘zbekiston milliy terma jamoasi.
FIFA tashkiloti e‘lon qilgan futbol bo‘yicha milliy terma jamoalar reytingida O‘zbekiston o‘tgan oyga nisbatan 10 pog‘ona pastdan joy egalladi.

O‘zbekiston Futbol federatsiyasi ma‘lumotiga ko‘ra, o‘zbek futbolchilari oxirgi o‘rtoqlik uchrashuvlaridagi mag‘lubiyatlari bois pastga “sho‘ng‘ib”, o'tgan oydi 66-o'rindan 77-o‘ringa tushgan.

Natijada O‘zbekiston terma jamoasi Xitoyni oldinga o‘tkazib yuborgan holda Osiyo terma jamoalari orasida yana 6-o‘ringa tushib qoldi.

FIFAning jahon reytingi birinchi uchtaligida Ispaniya, Gollandiya va Germaniya terma jamoalari o'rin olgan.

Osiyo zonasida esa O'zbekiston 6-o'rinda mustahkam bormoqda. Birinchi beshtalikga Avstraliya, Yaponiya, Janubiy Koreya, Eron va Xitoy terma jamoalari kirgan.

Mintaqa mamalakatlari orasida O'zbekiston dadillik bilan birinchilikni saqlab qolmoqda. Qo'shni mamlakatlarga birinchi yuztalikga kirish nasib etmadi - Qozog'iston 138, Tojikiston 140, Turkmaniston 149, Qirg'iziston esa 192-o'rinda.

O'zbekistonning FIFA reytinggida egallagan eng yuqori pog'onasi 2006 noyabr oyiga to'g'ri keladi. O'shanda terma jamoamiz jahon reytingi bo'yicha 45-o'rinni olgan edi. Eng past pog'onani esas (119-o'rin) O'zbekiston 1996 yilning noyabr oyida egallagan edi.

FIFA reytingi har oyda yangilanib turiladi.
XS
SM
MD
LG