Линклар

Шошилинч хабар
25 апрел 2024, Тошкент вақти: 03:10

Dubayda O‘zbekiston fuqarosi sudlanmoqda


Dubay shahrida odam savdosida ayblanayotgan o‘zbekistonlik va turkmanistonlik ikki ayol sudlanmoqda.

SA-NEWS axborot agentligi xabariga ko‘ra, ayblanuvchilar qirg‘izistonlik ikki qizni farrosh sifatida ishga joylashtirishni va‘da qilib Birlashgan Arab Amirliklariga olib borishgan va tutqunlikda saqlab, fohishalik bilan shug‘ullanishga majbur qilgan.

Ayblanuvchilar qirg‘izistonlik qizlarning pasportlarini olib qo‘ygan, ularga tahdid qilgan hamda samolyot bileti va viza uchun sarflangan "pulni undirish" uchun fohishalik bilan shug‘ullanishga majburlagan.

Jabrlanganlar tutqunlikdan qochib Qirg‘iziston konsulligidan yordam olgunicha bir necha oy fohishalik bilan shug‘ullangan.

Jabrlanganlarga ko‘ra, ular bilan bitta kvartirada yashagan boshqa ayollar o‘zlari xohlab fohishalik bilan shug‘ullangan.
XS
SM
MD
LG