Линклар

Шошилинч хабар
26 апрел 2024, Тошкент вақти: 07:22

Obama Qur‘on yoqilgani uchun uzr so‘radi


Afg'onistondagi NATO harbiy bazasi hududida Qur'on nusxalari yoqilgani haqida xabar tarqaganidan so'ng mamlakat bo'ylab norozilik namoyishlari o'tmoqda.
Afg'onistondagi NATO harbiy bazasi hududida Qur'on nusxalari yoqilgani haqida xabar tarqaganidan so'ng mamlakat bo'ylab norozilik namoyishlari o'tmoqda.
Afg‘oniston prezidenti Hamid Karzay idorasining bildirishicha¸ AQSh prezidenti Barak Obama Afg‘onistondagi NATO harbiy bazasi hududida Qur‘on nusxalari yoqilgani uchun Kobulga rasman uzr so‘ralgan maktub yo‘llagan.

Aytilishicha¸ maktubda musulmonlar muqaddas kitobining qasddan emas¸ tasodif tufayli yondirilgani va voqea yuzasidan to‘laqonli tergov boshlangani ta‘kidlangan.
Ayni paytda bugun Afg‘oniston milliy armiyasi formasidagi shaxs mamlakat sharqida ikki NATO harbiysini otib o‘ldirdi.

Voqea Nangahor viloyatidagi AQSh harbiy bazasi oldida o‘tkazilgan norozilik namoyishi chog‘ida yuz berdi.

Mahalliy politsiyaning bildirishicha¸ AQSh askarlari bazani qurshovga olgan olomon ichidagi qurolli shaxslarni otib o‘ldirganidan so‘ng afg‘on askari kiyimidagi shaxs xalqaro askarlarga qarshi o‘t ochgan.

Afg‘onistonda Qur‘on yoqilishiga norozilik tariqasida o‘tkazilayotgan namoyishlar oqibatida hozirga qadar o‘ndan oshiq odam nobud bo‘ldi.

Payshanba kuni Tolibon harakati afg‘onistonliklarni Qur‘on yoqilishiga nisbatan norozilikni davom ettirish va mamlakatdagi xalqaro kuchlarga qarshi hujumlarni kuchaytirishga da‘vat qildi.
XS
SM
MD
LG