Линклар

Шошилинч хабар
27 июл 2024, Тошкент вақти: 06:17

Karzay amerikaliklarni aybladi


Afg'onistondagi NATO harbiy bazasi hududida Qur'on nusxalari yoqilgani haqida xabar tarqaganidan so'ng mamlakat bo'ylab norozilik namoyishlari o'tmoqda.
Afg'onistondagi NATO harbiy bazasi hududida Qur'on nusxalari yoqilgani haqida xabar tarqaganidan so'ng mamlakat bo'ylab norozilik namoyishlari o'tmoqda.

Afg‘oniston prezidentiga ko‘ra¸ AQSh harbiylari muqaddas kitobning musulmonlar hayotida tutgan o‘rnidan bexabar.

Afg‘oniston mamlakatdagi AQSh harbiy bazasida Qur‘on nusxalarining yoqilishiga qarshi norozilik iskanjasida qolayotgan bir paytda¸ Kobul rahbari Amerika harbiysini takabburlik va Qur‘onning musulmonlar hayotidagi ahamiyatidan bexabarlikda aybladi.

Kobuldagi prezidentlik saroyida deputatlar bilan o‘tkazgan uchrashuvida Hamid Karzay AQSh harbiysining mahalliy xalqqa nisbatan bunday hurmatsizligi afg‘onistonliklar g‘azabiga sabab bo‘layotganini ta‘kidladi.

20 fevral kuni Afg‘onistondagi Bag‘rom harbiy bazasidagi AQSh harbiylari Qur‘on nusxalarini axlat yoqiladigan qutiga tashlagani yuzasidan hozirda maxsus tekshiruv jarayoni bormoqda.

Afg‘oniston prezidenti Hamid Karzay idorasining bildirishicha¸ AQSh prezidenti Barak Obama Afg‘onistondagi NATO harbiy bazasi hududida Qur‘on nusxalari yoqilgani uchun Kobulga rasman uzr so‘ralgan maktub yo‘llagan.

Aytilishicha¸ maktubda musulmonlar muqaddas kitobining qasddan emas¸ tasodif tufayli yondirilgani va voqea yuzasidan boshlangan to‘laqonli tergov natijasida aybdorlarning tegishli jazosini olajagi yozilgan.

Rasmiy xatda Oq uy rahbari shuningdek bunday voqealarning boshqa takrorlanmasligiga ham va‘da bergan.

Ayni paytda bugun Afg‘oniston milliy armiyasi formasidagi shaxs mamlakat sharqida ikki NATO harbiysini otib o‘ldirdi.

Афғонистонда намойишлар давом этмоқда
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:00:48 0:00
Бевосита линк

Voqea Nangahor viloyatidagi AQSh harbiy bazasi oldida o‘tkazilgan norozilik namoyishi chog‘ida yuz berdi.

Mahalliy politsiyaning bildirishicha¸ AQSh askarlari bazani qurshovga olgan olomon ichidagi qurolli shaxslarni otib o‘ldirganidan so‘ng afg‘on askari kiyimidagi shaxs xalqaro askarlarga qarshi o‘t ochgan.

Afg‘onistonda Qur‘on yoqilishiga norozilik tariqasida uch kundan beri tinmayotgan namoyishlar oqibatida hozirga qadar o‘ndan oshiq odam nobud bo‘ldi.

Payshanba kuni Tolibon harakati afg‘onistonliklarni Qur‘on yoqilishiga nisbatan norozilikni davom ettirish va mamlakatdagi xalqaro kuchlarga qarshi hujumlarni kuchaytirishga da‘vat qildi.
XS
SM
MD
LG