Линклар

Шошилинч хабар
27 июл 2024, Тошкент вақти: 06:52

"Robotjon" - birinchi o'zbekcha robot


Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetining bir guruh talabalari "Robotjon" nomli mittigina robot ixtiro qilishdi. Bu haqda universitet veb-sahifasida xabar berilmoqda.

Ixtiro universitetning "Mexatronika" markazida faoliyat yuritayotgan yosh talabalarga tegishli. Ixtiro mualliflariga ko'ra, "Robotjon" O'zbekistonda yasalgan birinchi robotdir. O'zi yura oladigan va ikki tilda gapira oladigan "Robotjon"ni yasashda talabalar elektronika, mexanika, sensorika va dasturlash kabi fan yonalishlaridan foydalangani aytilmoqda.

"Robotjon" ning tashqi qismi polikarbonat panellaridan yasalgan va ko'rinishidan taniqli "Yulduzlar urushi" (Star Wars) filmidagi R2-D2 astromexanik droidiga juda o'xshab ketadi. "Mexatronika" markazi veb-sahifasida aytilishicha, mitti robot gid, ya'ni yo'l ko'rsatuvchi funksiyalarini bajarishga dasturlangan. U markazga kelgan mehmonlarni kutib olish, ularga markaz haqida aytib berish va ekskursiya ko'rsatish funksiyalariga ega. Yosh ixtirochilarga ko'ra, "Robotjon" ingliz va o'zbek tillarida gapira oladi.

Ayni damda esa YouTube video portalida "Robotjon" suratga olingan ilk video lavha paydo bo'ldi.




Robot bo'lsa-da, ingliz tilini o'zbekcha talaffuz bilan gapiradigan va yurishni asta-sekin o'rganayotgan "Robotjon"ning dasturi ayni damda yanada takomillashtirilmoqda, deyiladi markaz veb-sahifasida.

Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti 2009 yili tashkil etilgan edi. O‘zbekiston avtomobilsozlik, mashinasozlik va elektrotexnika sanoati, energetika, loyihalashtirish va qurilish sohalari uchun yuqori malakali kadrlarni tayyorlash ushbu universitetning asosiy vazifasi qilib belgilangan.
XS
SM
MD
LG