Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 20:23

O‘zbekiston terma jamoasi Yaponiya ustidan g‘alaba qozondi


Futbol bo‘yicha 2014 yilda Braziliyada bo‘ladigan jahon chempionatiga 3-davra saralash o‘yinlari doirasida 29 fevral kuni O‘zbekiston terma jamoasi Yaponiyaning Nagoya shahrida Yaponiya terma jamoasiga qarshi maydonga tushdi.

O‘yinda o‘zbek futbolchilari o‘z raqibini 1-0 hisobida yengdi va 16 ochko to‘plab, "C" guruhida birinchilikni saqlab qolgan holda saralash bosqichi so‘nggi davrasiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.

Keyingi davrada o‘z guruhlarida birinchi va ikkinchi o‘rinni egallagan 10ta jamoa ikki guruhga bo‘lingan holda Jahon chempionatiga to‘g‘ridan to‘g‘ri yo‘llanmani qo‘lga kiritish uchun kurash olib boradi.

Hal qiluvchi bahs shu yil yozdan boshlanadi.

Eslatamiz, Yaponiyaga qarshi o'tgan o'yinda O'zbekiston terma jamoasi bir qator asosiy o'yinchilarsiz maydonga chiqishga majbur bo'lgan edi. Sababi FIFA yaqinda O‘zbekiston terma jamoasining besh nafar o‘yinchisini tojikistonlik raqiblariga qarshi so‘nggi uchrashuvlaridan kelib chiqib jazolagan edi.

Bugungi g'alaba O'zbekiston jamoasining Osiyoda eng kuchlik jamoa hisoblanmish Yaponiya termasi ustidan qilgan ilk g'alabasidir. Bundan oldin O'zbekiston milliy terma jamoasi Yaponiyaga qarshi to'rt o'yin o'tkazgan. Uchrashuvlarda ikki marta 1:0 hisobi bilan "samuraylar" g'albasi qayd etilgan va ikki marta 1:1: hisobi bilan durang natijasi ko'rsatilgan.

Yaponiya - O'zbekiston uchrasuvidan video lavha:

XS
SM
MD
LG