Линклар

Шошилинч хабар
27 июл 2024, Тошкент вақти: 07:14

Jambilda o‘zbek muhojirlari borayotgan avtobus quladi


Qozog‘istonning Jambil viloyatida bir kunda ikki avtobus quladi va ikki kishi nobud bo‘ldi.

Qozog‘iston Favqulodda vaziyatlar vazirligi bergan xabarga ko‘ra, halokat Almati-Toshkent yo‘nalishidagi magistral yo‘lida sodir bo‘lgan.

Avtobuslardan birida 31 yo‘lovchi bo‘lgan va halokat natijasida 24 yoshli o‘zbekistonlik voqea joyida nobud bo‘lgan. Yana ikki o‘zbekistonlik shifoxonaga yotqizilgan.

Yana bir halokat ham ayni yo‘lda haydovchilar aybi bilan sodir bo‘lgan. Bu avtobusda 53 yo‘lovchi bo‘lgan va 46 yoshli yo‘lovchi voqea joyida nobud bo‘lgan. Uning millati hozircha oshkor qilingani yo‘q.
XS
SM
MD
LG