Линклар

Шошилинч хабар
05 май 2024, Тошкент вақти: 04:04

Alisher Usmonovni Facebook boyitdi


Alisher Usmonov
Alisher Usmonov

AQShdagi Bloomberg agentligi e‘lon qilgan dunyoning 20 eng badavlat kishilari ro‘yxatida Alisher Usmonovning ismi yo‘q. Lekin Bloomberg asli o‘zbekistonlik milliarderni Rossiyaning eng badavlat kishisi, deb topdi.

Bloomberg tahlilchilarining hisob kitobiga ko‘ra, "Metalloinvest" shirkati asoschisi, asli o‘zbekistonlik milliarder oligarx Alishera Usmonovning umumiy boyligi 20,1 milliard AQSh dollariga teng.

Mutaxassislar Alisher Usmonovning Facebook aktsiyalarining 5,5 foizini sotib olgani Rossiyada boylar qatorida birinchi o‘ringa erishganiniga hissa qo‘shganini aytishmoqda. Bahosi 4 milliard dollar bo‘lgan bu aktsiyalar paketi keyingi yil ichida 9 barobarga qimmatlagani e‘lon qilindi.

O‘zbekistonlik milliarder rossiyalik yana bir hamkori Yuriy Milner bilan birga Facebook. Inc shirkatining 10 foiz hissalarini sotib olgan.

Alisher Usmonov asos solgan "Metalloinvest" shirkati Rossiyaning eng yirik xomashyo ishlab chiqaruvchi korxonasi hisoblanadi. Usmonovga Digital Sky Technologies (DST) shirkatining 80 foizi ham tegishlidir.

Bundan tashqari, Usmonov Rossiyaning Mail.ru Internet shirkatida 26,9 foizlik aktsiyalar egasi hamdir.

U, shuningdek, “Kommersant” nashriyot uyi bosh aktsioneridir. 2007 yilda Muz-TV kanali aktsiyalarining 75 foizi Usmonov nazoratiga o‘tgan.

Usmonov Gazprom shirkati sho‘ba korxonasi Gazprominvestxolding kompaniyasi boshqaruv kengashi raisi hamdir.

Londonning "Arsenal" futbol klubining 27 foiz hissalari ham Alisher Usmonovga tegishlidir.

Alisher Usmonov Rossiyada eng yirik homiylardan biri sanaladi. Uning boshchiligida “San‘at, fan va sport” homiylik jamg‘armasi tashkil etilgan.

2008 yildan buyon u Xalqaro qilichbozlik federatsiyasi prezidentidir.

57 yoshli Alisher Usmonov Namangan viloyatining Chust shahrida, prokuror oilasida tug‘ilgan. 1976 yilda Moskva xalqaro munosabatlar davlat institutini bitirgan.

Bloomberg e‘lon qilgan Milliarderlar ro‘yxatida meksikalik Karlos Slim dunyodagi eng badavlat odam maqomini saqlab qolgan. Bloomberg Karlos Slimga tegishli mulkni 68,4 milliard dollar deb baxoladi.

Microsoft shirkati asoschilaridan biri amerikalik tadbirkor Bill Geyts milliarderlar ro‘yxatda ikkinchi o‘rinni egallagan. Bloomberg ma‘lumotlariga ko‘ra, hozirda Geytsga tegishli boylik 62,1 milliard dollarni tashkil etadi.
XS
SM
MD
LG