Bishkekda nashr etiladigan “Aalam” gazetasi Qirg‘izistondagi mustaqil jurnalistikaga asos solgan nashrlardan biri hisoblanadi. 20 yildan ortiqroq vaqtdan beri faqat qirg‘iz tilida chop etilib kelgan gazeta, joriy yilning 6 martidan boshlab o‘zbek tilida ham chiqa boshladi.
“Olam” nomi bilan nashrdan chiqqan yangi o‘zbek gazetasi bosh muharriri Sohiba Qodirovaning aytishicha, 5 ming nusxada chop etilgan nashr mahalliy o‘zbek aholisi o‘rtasida bir zumda tarqalib ketgan. Gazeta Bishkek shahri, O‘sh, Jalolobod va Botken viloyatlariga tarqatilgan.
Sohiba Qodirova “Olam” gazetasining asosiy maqsadi 2010 yil iyun voqeasidan so‘ng darz ketgan millatlararo hamjihatlik, millatlararo ishonchni qayta tiklash va xalqlar o‘rtasidagi do‘stlikni mustahkamlash ekanini aytdi.
2010 yilda sodir etilgan O‘sh qirg‘inigacha Qirg‘iziston janubida 3 ta teleradiokompaniya, o‘nga yaqin gazeta o‘zbek tilida faoliyat yuritar edi. Iyun voqeasidan so‘ng o‘zbek tilidagi teleradiokompaniyalar qirg‘iz tiliga o‘tkazildi, hukumatga qarashli o‘zbek tilida nashr etiladigan ikkita gazetadan tashqari boshqa nashrlarning faoliyati to‘xtab qoldi.
“Olam” 2010 yil qirg‘inidan so‘ng nashr etilgan va hukumatga qarashli bo‘lmagan birinchi o‘zbek gazetasi hisoblanadi.
“Olam” gazetasi bosh muharriri Sohiba Qodirova bilan suhbatni quyida tinglashingiz mumkin.