Sobiq ittifoq respublikalarida korruptsiyaga qarshi kurashga doir loyiha amalga oshirayotgan tashkilot hiobotiga ilova qilingan bayonotda “Korruptsiyaga qarshi Istambul harakat plani” nomli tashabbusga qo‘shilgan davlat sifatida O‘zbekiston siyosiy iroda namoyish etishi lozimligi urg‘ulanadi.
Hisobotda O‘zbekiston korruptsiya muammosini hal etish uchun tub islohotlar amalga oshirish, jumladan jinoyat kodeksini BMTning Korruptsiyaga qarshi konventsiyasiga moslashtirish, davlat rasmiylari halloligi va mas‘luiyatini oshirish, korruptsiyaga qarshi kurash natijalarini jamoatchilikka oshkor qilish, davlat amaldorlaridan o‘z daromadlarini oshkor etishni talab qilish kabi choralarni tadbiq qilish tavsiya qilinadi.
IHTTning Sharqiy Yevropa va Markaziy Osiyo mamlakatlari loyihasi rahbari Inesa Gaika Ozodlik bilan suhbatda bu tavsiyalar ancha nekbin bo‘lsada, O‘zbekiston hukumati tomonidan ko‘proq siyosiy iroda ko‘rsatilsa ularni amalga oshirib bo‘ladi, deydi.
- O‘zbekiston bundan bir necha yil avval BMTning korruptsiyaga qarshi konventsiyasini qabul qildi va bu mazkur muammoni hal etishga siyosiy iroda va qiziqish borligidan dalolatdir. Undan keyin bu sohada milliy strategiyani ishlab chiqish bo‘yicha muayan urinishlar bo‘ldi. Lekin bu kabi islohotlar vaqt talab qiladi va izchil davom ettirilishi lozim. Hamma gap O‘zbekiston bu islohotlarni qanchalik tez amalga oshirish istagida ekanida. Hammasi ularning o‘zigagina bog‘liq bo‘ladi. Biz bu borada xalqaro me‘yorlardan kelib chiqib, tavsiya bera olamiz xolos, deydi IHTT vakili.
O‘zbekistonda korruptsiya darajasi sistematik tus olganini aytib keladi mutaxassislar. Turli xalqaro tashkilotlar va g‘arb matbuoti ishlab chiqqan reytinglarda O‘zbekiston duyoning eng korruptsiyalashgan mamlakatlari o‘nligiga kiritilgan.
IHTT amalga oshirayotgan “Korruptsiyaga qarshi Istambul harakat plani” nomli tashabbusdan tashqari, o‘tgan oy Yevropa Ittifoqi O‘zbekistonda sud-huquq islohotlarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qiymati 10 million yervroga teng dasturni boshladi.
Bunday xalqaro loyhalar esa, ko‘pchilik tahlilchilar fikricha, qandaydir natijalarni keltirasada, O‘zbekiston kabi mamlakatlarda korruptsiyaga oid asl vaziyatni xas-po‘slashiga hissa qo‘shadi.
IHTT vakili Inesa Gaika bu kabi fikrlarni qo‘llab quvvatlamaydi.
- Bu masala tez-tez ko‘tariladi. Lekin bu loyiha qanday amalga oshirilib, uning natijalari jamoatchilikka qanday yetkazilishiga bog‘liq. Bu sohada juda ko‘p ish qilindi. Albatta, biz yirik islohotlar amalga oshirilib, ulkan yutuqlarga erishildi, degan iddaolardan yroqmiz, lekin qandaydir ishlar qilinmoqda. Lekin siz ko‘targan muammo ham yo‘q emas, shuning uchun O‘zbekiston hukumati o‘zi amalga oshirayotgan ishlar va rejalar haqida jamoatchilikka ko‘proq ma‘lumot bersa, foydadan holi bo‘lmasdi, menimcha, deydi IHTTning Sharqiy Yevropa va Markaziy Osiyo mamlakatlari loyihasi rahbari Inesa Gaika.
O‘zbekistonda korruptsiya darajasi yil sayin oshib borayotgani aytiladi. Jahon bo‘ylab korruptsiya muammosini o‘rganadigan Transparency International xalqaro tashkiloti o‘zining 2011 yilgi Korruptsiya darajasiga oid hisobotiga ilova qilgan reytingida O‘zbekistonni 182 davlat ichida 178 o‘ringa qo‘ydi.
Xalqaro mutaxassislar fikricha, keyingi bir yil ichida O‘zbekistonda korruptsiya muammosi, ayniqsa, siyosat va jamoat sektorlarida chuqur ildiz otishda davom etgan.
AQShda chiqadigan Thedailybeast.com nashri ham yaqinda e‘lon qilgan duyoning eng korruptsiyalashgan 20 davlati reytingida O‘zbekistonni ro‘yxatning eng ostiga qo‘ydi.