Линклар

Шошилинч хабар
23 апрел 2024, Тошкент вақти: 17:56

ShHT terrorchilikka qarshi ekspertlar guruhi tuzadi


Shanxay hamkorlik tashkiloti (ShHT)ga a‘zo davlatlar terrorizm, ayirmachilik va ekstremizmga qarshi kurash bo‘yicha ekspertlar guruhini tashkil etishni rejalashtirmoqda.

ShHT chegarachilari guruhi tuziladi


27 mart kuni Toshkentda o‘tgan ShHTning Mintaqaviy aksilterror tuzulmasi Kengashining 20-yig‘ilishida bu borada maxsus qaror qabul qilindi.

Ushbu ekspertlar guruhiga O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Rossiya va Xitoyning chegara xizmatlarining vakillari kiritiladi.

O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligining rasmiy saytida xabar qilinishicha, Toshkentdagi yig‘ilishda ShHTga a‘zo davlatlar vakolatli organlarining terroristik, ayirmachilik va ekstremistik faoliyatni narkotiklar, psixotrop moddalarning noqonuniy savdosi hisobidan moliyalashtirish kanallarini aniqlash va ularning oldini olish masalalari bo‘yicha qo‘shma chora-tadbirlari rejasi tasdiqlangan.

Shuningdek, ShHTga a‘zo davlatlar hududida o‘tkaziladigan yirik xalqaro tadbirlar paytida xavfsizlikni ta‘minlash bo‘yicha hamkorlikni muvofiqlashtiruvchi doimiy faoliyat ko‘rsatuvchi mexanizm ishlab chiqilib, tasdiqlangan.

ShHTga a‘zo davlatlar vakolatli organlarining kompyuter tizimlaridan terroristik maqsadlarda foydalanish xavfining oldini olish borasidagi qo‘shma chora-tadbirlar yuzasidan ham kelishib olingan.

ShHT tarixi


ShHT 1996 yilda Rossiya, Xitoy, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Tojikiston tomonidan tuzilgan edi. O‘zbekiston unga 2001 yilda qo‘shilgan.

2008 yildan boshlab shtab-kvartirasi Toshkentda joylashgan Mintaqaviy aksilterror tuzilmasi Kengashi Shanxay hamkorlik tashkilotining doimiy faoliyat yuritayotgan idorasi sanaladi.

2002 yil 7 iyun kuni ta‘sis etilgan MATT Kengashi tashkilotga a‘zo davlatlarning tegishli idoralari o‘rtasidagi hamkorlikni muvofiqlashtirib borishini ta‘minlab kelmoqda.

O‘zbekistonvaqti-qati bilan ShHTning turli tadbirlarida qatnashishdan bosh tortib keladi.

Joriy oyda Tojikistonda o‘tkazilgan ShHTning harbiy mashqlarida ham O‘zbekiston qatnashmadi.

Tashkilotning ilk qo‘shma harbiy mashqlari 2003 yilning avgustida Qozog‘istonda o‘tkazilgan va O‘zbekiston o‘shanda ham qo‘shma tabdirda qatnashishdan voz kechgan edi.
XS
SM
MD
LG