Линклар

Шошилинч хабар
05 май 2024, Тошкент вақти: 02:53

Jurnalistni yozmagan maqolasi uchun jazolashmoqchi


Toshkent shahar Ichki ishlar boshqarmasi tomonidan jurnalist Yelena Bondarga qarshi millatlararo nizo qo‘zg‘ash ayblovi bilan jinoiy ish ochildi.

Konsalting shirkati jurnalistga qarshi


Jurnalist Yelena Bondar ustidan ochilgan jinoyat ishi Toshkentdagi IQ Land Servis konsalting shirkatining ikki rahbari tomonidan kiritilgan da‘vo arizasiga asoslangan.

Bu haqda Ozodlikka gapirgan Bondarga ko‘ra, uni jurnalistik faoliyati orqali O‘zbekistonni qoralash va millatlaro nizo qo‘zg‘ashda ayblashmoqda.

- Menga qarshi OO IQ Land Servis direktori Pavel Safin va ushbu tashkilotning menejeri Olga Starkova da‘vo arizasi kiritgan, deydi Bondar.

Yelena Bondarning aytishicha¸ da‘vogarlar arizasi jurnalistning o‘tgan yili Farg‘ona.ru saytiga Tyumen universitetining Toshkentdagi filiali ta‘qib etilayotgani, O‘zbekiston hukumati ta‘lim dargohini yopish niyatida ekani haqida kelib tushgan maktubni o‘rganishga harakati bilan bog‘liq.

Jurnalistga ko‘ra, o‘z surishtiruvi natijasida Toshkentda Tyumen universitetining filiali yo‘qligi, faqat universitet bilan vositachilik qiluvchi IQ Land Servis shirkati borligini aniqlagan va xatda keltirilgan ma‘lumotlarga dalil-isbot topilmagach, bu haqdagi maqola e‘lon qilinmagan.

Jurnalist yozilmagan maqola uchun ayblanayapti



Endilikda o‘zinining yozmagan va hech qayerda e‘lon qilinmagan maqolasi uchun ayblashayotganini aytadi jurnalist Bondar.

- Men bu haqda hech narsa e‘lon qilmaganman. Birorta ham maqolam hech qaysi saytda e‘lon qilinmagan. Ular meni O‘zbekiston xalqini qoralash ruhida tayyorlangan maqola yozishga harakat qilganlikda ayblashayapti. Ularning aytishicha, men ular bilan suhbatlashgan paytimda, so‘zlarim O‘zbekistonni qoralash mazmunida bo‘lgan emish. Shuningdek, ular meni millatlaro nizo qo‘zg‘atuvchi murojaatlarni tarqatishda ayblayaptilar, deydi Bondar.

Hozirda Yelena Bondarga qarshi O‘zbekiston Jinoyat kodeksining 156-moddasi -"Milliy, irqiy, etnik yoki diniy adovat qo‘zg‘atish" bo‘yicha ayblov e‘lon qilingani aytilmoqda.

Ushbu moddada qayd qilingan jinoyat uchun uch yilgacha ozodliqdan mahrum qilish jazosi ko‘zda tutiladi.

IQ Land Servis murojaati


Ozodlik mavzu yuzasidan Toshkentdagi IQ Land Servis shirkati bilan bog‘lana olmadi.

Joriy yilning 30 yanvar kuni “Tojik mehnat muhojirlari” saytida IQ Land Servis direktori Pavel Safin nomidan "Farg‘ona.ru sayti rahbariyatiga murojaati" e‘lon qilingan edi.

Ushbu murojaatda jurnalist Bondar go‘yoki "kompaniya xodimlaridan O‘zbekistonni qoralab intervьyu berishni talab qilish"da, “bu bilan etnik nizo qo‘zg‘ashga harakatda ayblagan” edi.

O‘tgan yilning 22 avgustida Bondar YeXHT va "Nemis to‘lqini" akademiyalarining Bishkekda ochilgan "Markaziy Osiyo zamonaviy jurnalistika maktabi"da o‘qib qaytayotganida Toshkent aeroportida ushlangan edi.

Jurnalistga qarshi to‘rtta flesh-kart, uchta kompakt disk va ikkita videokassetani deklaratsiya qilmaganlik ayblovi bilan ma‘muriy ish qo‘zg‘atilgan va 6 sentyabr kuni bu ish yopilgan edi.
XS
SM
MD
LG