Линклар

Шошилинч хабар
20 апрел 2024, Тошкент вақти: 00:37

Shavkat Mirziyoev Tojikistonga javob qaytardi


Shavkat Mirziyoev.
Shavkat Mirziyoev.

4 aprel kuni O‘zbekiston Bosh vaziri tojik hamkasbiga rasmiy maktub yo‘llab¸ unda Dushanbe hukumati e‘tiroziga sabab bo‘lgan masalalar yuzasidan birma-bir izoh berdi.

CA-NEWS axborot agentligining xabar berishicha¸ Shavkat Mirziyoev yo‘llagan maktub Tojikiston Bosh vaziri Oqil Oqilovning 31 mart kuni Toshkentga jo‘natgan xatiga javobdir.

Maktub boshida Oqilov tilga olgan muammolar yuzasidan Toshkent hukumati bir necha bor to‘liq javob va izoh berganini ta‘kidlasa-da¸ Shavkat Mirziyoev unda Dushanbe e‘tirozlariga yana birma-bir javob qaytargan.

Birinchi berilgan izoh¸ O‘zbekistonning “Markaziy Osiyo Birlashgan energetik tizimi”dan chiqishiga oid va Mirziyoev ta‘kidicha¸ Toshkentning bu qarori¸ birinchi galda¸ Tojikiston tomonining qo‘shni davlatlar hisobidan ruxsat berilmagan elektr energiyasini olishi bilan bog‘liq.

Tojikiston tomonining o‘z yuklarining O‘zbekiston temir yo‘llari orqali tranzitida yuzaga kelgan uzilish va to‘xtab qolishlarga oid e‘tiroziga javoban O‘zbekiston Bosh vaziri¸ bundan 50 yil avval qurilgan O‘zbekiston temir yo‘llari umumiyatla ta‘mirga muhtojligi¸ xususan G‘alaba-Amuzang stantsiyalari oralig‘ida 2011 yil dekabrida yuz bergan fojeiy voqealar bunday ehtiyojni yanada oshirganini qayd qiladi.

Uchinchidan¸ deyiladi¸ Toshkent hukumati rahbari maktubida¸ O‘zbekiston temir yo‘llari orqali olib o‘tiladigan yuklar uchun tariflarning oshirilishi “Roxi oxani Tochikiston” davlat shirkatining ayni harakatiga javobdir xolos.

O‘zbekistonning Tojikistonga tabiiy gaz uzatishni to‘xtatishi masalasiga kelganda Shavkat Mirziyoev o‘z hamkasbiga “O‘ztransgaz” shirkatining “Tojiktransgaz” shirkati bilan kelishuvda kafolatlangan 45 million kub metr gazni allaqachon yetkazib bo‘lganini eslatib qo‘yadi.

4 aprel kuni Toshkentdan Dushanbega borgan rasmiy maktubda shuningdek¸ o‘zbek-tojik chegarasining 1992-96 yillarda bir tomonlama minalashtirilgani va ikki davlat o‘rtasida mavjud viza rejimi masalasidagi Dushanbe e‘tirozlariga ham javob berilgan.

O‘zbekiston Bosh vaziri bu harakatlarning ham xalqaro huquq normalari asosida amalga oshirilgani va Tojikiston tomonidan bildirayotgan e‘tirozlarning birortasida asos yo‘qligini ta‘kidlaydi.

4 aprel kuni Tojikiston Bosh vaziri idorasi Ozodlik muxbirining Shavkat Mirziyoev javob xatiga munosabat bildirish so‘rovini rad qildi.

2 aprel kuni Tojikistonning Moskvadagi elchixonasi rasmiy saytida O‘zbekistonni o‘z qo‘shnisiga nisbatan dushmanona siyosatda ayblovchi bayonot chop etilgan va unda Oqil Oqilov tilga olgan muammolar birma-bir keltirilgan edi.

Ayrim norasmiy xabarlarga ko‘ra¸ 3 aprel kuni O‘zbekiston Xavfsizlik kengashining navbatdan tashqari majlisi bo‘lib o‘tgan va prezident boshqargan bu yig‘inda Tojikiston bilan munosabatlardagi taranglik muhokama qilingan.

Ayrim kuzatuvchilar¸ Shavkat Mirziyoevning 4 aprel kuni Dushanbega yo‘llagan maktubi ana shu majlisda berilgan qarorlar ifodasi ekanini taxmin qilmoqda.
XS
SM
MD
LG