Линклар

Шошилинч хабар
09 май 2024, Тошкент вақти: 01:51

Siz o‘zingizni ehtiyotkor odam, deb bilasizmi?


Kachalovo bozorida 3 aprel kuni ro‘y bergan yong‘inda 17 nafar o‘zbekistonlik nobud bo‘ldi.
Kachalovo bozorida 3 aprel kuni ro‘y bergan yong‘inda 17 nafar o‘zbekistonlik nobud bo‘ldi.

“Hafta savoli”ning bugungi ruknida qo‘yilgan savol aprelning dastlabki 10 kunligida yuz bergan uch fojeadan kelib chiqdi: Siz o‘zingizni ehtiyotkor odam, deb bilasizmi?

3 aprel kuni tonggi soat 5 larda Moskva shahridagi Kachalovo bozoriga tegishli omborlardan birida chiqqan yong‘in oqibatida 17 kishi halok bo‘ldi.

Nobud bo‘lganlarning aksariyati o‘zbekistonlik ekanligi xabar qilindi.
3 aprel kuni tongda Marg‘ilon shahri, Toshloq mahallasi, Shohimardon ko‘chasi 1 uyda gaz portlab, ikki go‘dak onasiz qoldi.

Oradan 5 kun o‘tib, 8 aprel kuni Shahrisabz tumanidagi gaz quyish shahobchalaridan birida gaz portlab shahobcha ishchisi halok bo‘ldi.

Tilga olingan uchchala fojeaning ham qator sabablari bor.

O‘sha sabablardan biri elementar ehtiyotsizlik hamdir.

Agar Kachalovo bozori omborida yashaganlar yong‘in ro‘y berishi ehtimolidan kelib chiqib tayyorgarligini ko‘rib qo‘yganida, marg‘ilonlik ayol xonada gaz hidi sezganida gugurt yoqmaslik kerakligini bilganida, shahrisabzlik ishchi xavfsizlik qoidalariga amal qilganida, ya‘ni ular biroz EHTIYOTKORROQ bo‘lganlarida, balki omon qolgan bo‘lardilar.

Bu “Hafta savoli” aprelning dastlabki 10 kunligida yuz bergan ana o‘sha uch fojeadan kelib chiqdi: Siz o‘zingizni ehtiyotkor odam, deb bilasizmi?

Sarvar Usmon bu savolni dorboz Xurshida bonuga, yozuvchi Murod Muhammad Do‘stga, Abduvali qori Mirzayevning akasi Abdug‘ani qoriga, qirg‘izistonlik o‘zbeklar liderlaridan biri Qodirjon Botirovga va boshqa bir qator o‘zbekistonliklarga berdi.

XS
SM
MD
LG