Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 19:40

O‘zbekistonning Tojikistonga munosabati dushmanonami?


Oddiy o‘zbeklar bilan tojiklar fikricha, ikki prezident o‘zaro ginalarini chetga sursagina ikki davlat o‘rtasidagi munosabatlar yaxshilanadi.
Oddiy o‘zbeklar bilan tojiklar fikricha, ikki prezident o‘zaro ginalarini chetga sursagina ikki davlat o‘rtasidagi munosabatlar yaxshilanadi.

Bahs maydonida o‘zbekistonlik siyosatshunos va tojikistonlik jamiyatshunos ikki qo‘shni davlatning bugungi siyosiy munosabatlari haqida bahslashadilar.

O‘tgan haftada Tojikistonning Moskvadagi elchixonasi O‘zbekiston hukumatini tojik jamiyatidagi barqarorlikni izdan chiqarishga urinayotganlikda ayblab bayonot tarqatdi.

Tojikistonlik diplomatlar iddaosicha, O‘zbekiston tomoni buning uchun iqtisodiy, transport va kommunikatsion hamda boshqa shu kabi muhim usullarni ishga solayotir va bu usullardan Tojikistonni Toshkent manfaatlari uchun xizmat qiladigan qarorlar qabul qilishga majburlash uchun foydalanayotir.

Mustaqillik yillarining boshida boshlangan iliq va do‘stona munosabatlar bugun juda ham murakkablashib, taranglashib bormoqda.

Xo‘sh, tarixan devor-darmiyon bo‘lib, bir xalqday yashagan o‘zbeklar va tojiklar hukumatlari o‘rtasida bunday vaziyat vujudga keldi? Nega do‘stlik va inoqlikda yashashni istayotgan ikki millatning “bosh”lari munosabatlarni yaxshilashni istashmaydi? Nega prezidentlar shaxsiy ambitsiyalari jabrini oddiy odamlar tortishi kerak?

Bugungi Bahs maydoni mavzusi ana shu. Bahslashuvchilar o‘zbekistonlik siyosatshunos Farhod Tolipov va tojikistonlik jamiyatshunos Nasimjon Karimov.

Nasimjon Karimov: Biz tojikistonlik o‘zbeklar shu kungacha O‘zbekiston bizga yomonlik qilyapti, degan gaplarga ishonmas edik. Mana endi qarangki, har taraflama iqtisodiy qamal qilyapti. Yuk ortilgan yuzlab vagonlarimiz Termizda to‘xtab qolyapti. Shundan so‘ng biz tojikistonlik o‘zbeklarning ruhi tushib ketdi. Xuddi kaltaklangan kabi tilimiz qisiq bo‘lib qoldi. Ha desak, tojik do‘stlarimiz, qara o‘zbeklaring nima ish qilyapti, deydi...

Farhod Tolipov: Bu masala juda murakkab masala, qirralari juda ko‘p. Agar bunga ob‘ektiv baho bersak, O‘zbekiston hech qachon Tojikistondagi vaziyatni izdan chiqarishdan manfaatdor emas. Lekin qandaydir doiralar, manfaatdor guruhlar yoki shaxslar sun‘iy bir murakkabliklarni yaratishga urinayotgan bo‘lishi mumkin. Shunday stsenariy bo‘lishi mumkin. Lekin Tojikistonni majburlab o‘z qarorlariga bo‘ysundirish siyosati bo‘lishi mumkin emas...

Nasimjon Karimov: Domlaning aytganlari endi bu aksioma. Buni yosh bolalar ham biladi. Gapingiz aslida to‘g‘ri domla. Lekin yozning 50 darajali issig‘ida tez ayniydigan mahsulotlar ortilgan vagonlarni oylab ushlab qolish insofdanmi? Axir bunga qancha tadbirkorlar pul tikkan. Nahotki O‘zbekiston rahbariyatining ichi kuymaydi shunga? Termizdagi portlatilgan ko‘prikni bizni temir yo‘l kattamiz, hoy birodar ruxsat beringlar o‘zimiz borib, o‘shani qurib ishga tushiraylik, desa, otkaz qilishsa. Ming yillik qardoshlarni o‘rtasiga viza qilib qo‘yishsa, bu nima degan gap axir....

Farhod Tolipov: Davlatlararo munosabatlar muayyan qonun-qoidalarga tayanadi. Menga ham viza tizimi mavjudligi yoqmaydi. Lenkin bu davlatlararo munosabatlar taqozosi. Lekin biz davlat xavfsizligi degan narsani ham e‘tirof etishimiz kerak. Biz transchegaraviy tahdidlar zamonida yashayapmiz. Xususan, keyingi 20 yil bizga ko‘rsatdiki, xususan Tojikiston chegrasidan bizga turli xavflar bo‘lishi mumkinligini va bunga qarshi choralar ham ko‘rilishi tabiiy...

Bahsning to‘liq variantini quyida tinglang:

XS
SM
MD
LG