Линклар

Шошилинч хабар
19 апрел 2024, Тошкент вақти: 19:45

Dilorom Saydaminova: “Gulnora talantli qiz”


Gulnora Karimova qo‘shiqchilikdan tashqari, siyosiy va jamoatchilik faoliyati bilan ham shug‘ullanadi.
Gulnora Karimova qo‘shiqchilikdan tashqari, siyosiy va jamoatchilik faoliyati bilan ham shug‘ullanadi.

Taniqli bastakor Dilorom Saydaminova GooGooSha tahallusi bilan qo‘shiq aytuvchi Gulnora Karimova ijrosidagi zamonaviy pop qo‘shiqlar saviyasi haqida Ozodlik muxbiriga o‘z fikrlarini bildirdi.

O‘zbekiston prezidentining to‘ng‘ich qizi Gulnora Karimova Tvitterdagi sahifasida yangi musiqiy albomini tinglovchilar e‘tiboriga havola etishini bildirdi.

Qo‘shiqchi sifatida o‘ziga GooGooSha tahallusini olgan Gulnora Karimova yangi albomdagi qo‘shiqlari o‘z shaxsiy kechinmalariga asoslanganini aytgan.

GooGooShaning yozishicha, albomdagi qo‘shiq musiqalari trip-xop, soft-rok va pop-musiqa janrlaridagi eksperimentlar deya qaralishi kerak.

Shu paytgacha Gulnora Karimova taniqli qo‘shiqchi Kumush Razzoqova ijro qilgan qo‘shiqlarni takroran kuylab klipga tushgan edi.

O‘zbek shoiri Usmon Azimov o‘z she‘rlarini Karimovning qizi tilidan qo‘shiq bo‘lib to‘rt tarafga taralayotganidan xursandligini Ozodlikka bildirgan edi.

- Bu qo‘shiqlar endi ozmi-ko‘pmi mumtoz xazinaga aylanib qolgan. Karimovning qizlari aytdi. O‘zbekcha qilib aytishdi. Men juda ham xursand bo‘lganman.

Gulnora Karimova kuylayotgan qo‘shiqlarning asl ijrochisi, hozir e‘tibordan chetda qoldirilgan Kumush Razzoqova ham ta‘na toshlarini otayotgani yo‘q.

- Endi men buni tushunaman. O‘sha aytayotgan odamlar men Qashqadaryo tarafga kontsertga borganda eshitgan, yana filьmda, radiolarda eshitib, yuragida qanaqadir hissiyotlar paydo bo‘lgan bo‘lsa kerak. Shuning uchun balki havas qilgandir. Endi hozir katta bo‘lib, orzu bo‘lib qolgan narsani ro‘yobga chiqargandir. Men yuragiga yoqqan bo‘lsa, har doim yaxshi qo‘shiqlarni aytib o‘rganishsin deyman.

Taniqli o‘zbek bastakori, Botir Zokirov, Muhabbat Shamayeva, Nargis Boyhonova kabi ashulachilarga qo‘shiq yozgan Dilorom Saydaminova O‘zbekiston prezidentining qizi aytgan qo‘shiqlarni eshitmagan bo‘lsada, Gulnora Karimovani talantli qiz ekanini e‘tirof qilgan holda o‘zbek qo‘shiqchilik sohasi bilan professionallar shug‘ullanishini ma‘qul deb hisoblaydi.

- Chumchuq so‘ysa ham qassob so‘ysin degan gap bor o‘zbeklarda. Hozir qo‘shiq sifati juda pasayib ketgan. Musiqadan savodi yo‘qlar musiqa bastalaydigan bo‘lib qolgan. O‘zbekcha so‘zlarni ham ancha buzib yuborishgan. Endi yosh honandalarni aytaman. Men u Gulnora singlimizni disklarini nazarda tutmayapman. Mani o‘rtoqlarimdan eshitsam Gulnorani diski ancha yaxshi qo‘shiqlardan iborat. Mening o‘zim eshitishga endi imkon bo‘lmadi. Lekin Gulnora Karimova juda qobiliyatli, talantli ayol. Xudo siylagan uni deb bilaman....

Dilorom Saydaminova 1966 yilda Toshkent konservatoriyasini tugatib bastakorlik sohasida katta yutuqlarga erishgan. Uning “Azon” simfonik asari Bash Choir of Pittsburgh xori buyurtmasiga ko‘ra yozilib AQShdagi Karnegi Xoll zalida 2004 yilda ijro qilingan.

Dilorom Saydaminova bilan suhbatni quyida tinglashingiz mumkin.

XS
SM
MD
LG