Линклар

Шошилинч хабар
28 март 2024, Тошкент вақти: 19:58

O‘zbekiston Tojikistonga gaz uzatishni qayta boshladi


Davlatga qarashli “O‘zbekneftgaz” holding kompaniyasining o‘z rasmiy saytida ma‘lum qilishicha¸ 16 apreldan O‘zbekiston Tojikistonga tabiiy gaz uzatishni qayta yo‘lga qo‘ygan.

“O‘ztransgaz” va “Tojiktransgaz” shirkatlari o‘rtasida 2012 yilning 11 aprelida imzolanilgan kelishuvga ko‘ra¸ 16 aprel kuni soat 00-00 dan boshlab Tojikiston Respublikasiga tabiiy gaz uzatish qayta boshlandi”¸ deyiladi “O‘zbekneftgaz” rasmiy baënotida.

O‘zbekiston hukumati joriy yilning 1 aprelidan boshlab Tojikistonga tabiiy gaz uzatishni to‘xtatgan edi.

Tabiiy gaz uzatilishining to‘xtatilishi Dushanbe va Toshkent hukumatlari o‘rtasida yillardan beri saqlanib qolaëtgan keskinlikni kuchaytirgan va Tojikiston Bosh vaziri Oqil Oqilov 31 mart kuni o‘zbekistonlik hamkasbi Shavkat Mirziëevga rasmiy maktub bilan murojaat qilgan edi.

Bu maktubda Dushanbe hukumati rahbari qator muammolar¸ xususan Tojikistonga tabiiy gaz uzatish to‘xtatilishiga oid izoh so‘ragan edi.

4 aprel kuni Oqilov maktubi¸ aniqrog‘i unda tilga olingan muammolar yuzasidan birma-bir izoh bergan Shavkat Mirziëev¸ O‘zbekistonning Tojikistonga tabiiy gaz uzatishni to‘xtatishi masalasiga kelganda “O‘ztransgaz” shirkatining “Tojiktransgaz” shirkati bilan kelishuvda kafolatlangan 45 million kub metr gazni allaqachon yetkazib bo‘lganini eslatib qo‘ygan edi.

Tojikistonga gaz yetkizib beradigan quvurlar ko‘zi bog‘langan ayni kunda “O‘zbekneftgaz”ning sho‘‘ba korxonasi bo‘lmish “O‘ztransgaz” 2012 yilning 1 aprelidan boshlab Xitoyga tabiiy gaz uzatish yo‘lga qo‘yilganini ma‘lum qilgan edi.

Hozircha o‘zbek gazini Tojikistonga uzatishni qayta boshlashning qanday shartlar va narx asosida¸ qancha muddatga tiklangani haqida ma‘lumot yo‘q.

O‘zbekiston Tojikistonga tabiiy gaz yetkazib beradigan yagona mamlakat va o‘zbek gazi asosan bir necha o‘n yildan beri Toshkent e‘tiroziga sabab bo‘lib kelaëtgan Tursunzodadagi alyuminiy zavodi ehtiëjiga ishlatiladi.

O‘tgan yil Dushanbe va Ashxobod hukumatlari o‘zaro gaz savdosiga oid kelishuvni imzolagan¸ ammo Toshkent rahbariyati texnik sabablar bois¸ turkman gazining o‘z hududi orqali tranzit qilinishi imkonsiz ekanini bildirgach¸ bu kelishuv ijrosi amalga ko‘chmay qolgan edi.
XS
SM
MD
LG