Линклар

Шошилинч хабар
27 июл 2024, Тошкент вақти: 06:30

Bugun "Barselona" "Chelsi"ni qabul qiladi


"Barselona" himoyachisi Andres Inyesta "Chelsi" hujumchisi Nikolya Anelka bilan to'p uchun kurashmoqda.
"Barselona" himoyachisi Andres Inyesta "Chelsi" hujumchisi Nikolya Anelka bilan to'p uchun kurashmoqda.
Bugun Chempionlar Ligasi yarim finali doirasidagi birinchi javob uchrashuvi bo‘lib o‘tadi.

Unda Ispaniyaning “Barselona” futbol klubi o‘z uyida Angliyaning “Chelsi” jamoasini qabul qiladi.

Angliyada o‘tgan yarim finalning dastlabki uchrashuvida “Chelsi” jamoasi “Barsa” ustidan 1:0 hisobi bilan g‘alaba qozongan edi.

Shunga qaramasdan, aksar futbol tahlilchilari aynan “Barselona” Chempionlar Ligasi finaliga chiqishini bashorat qilishmoqda.

Yarim final ikkinchi juftligi - “Real Madrid” va “Bavariya” jamoalari o‘tasidagi javob uchrashuvi ertaga Madridda o‘tishi kutilmoqda.

Ikkala uchrashuv xam Toshkent vaqti bilan kechki soat 11:45 boshlanadi.
XS
SM
MD
LG