Линклар

Шошилинч хабар
27 июл 2024, Тошкент вақти: 06:39

Pora berishda dallollik qilgan advokat jazolandi


Bu haqda Toshkent shahar prokuraturasi vakili Aziz Musashayxov 26 aprel kuni mahalliy matbuotga ma‘lum qildi.

Mahkama hukmiga muvofiq, Viktoriya Valiyeva ish haqining 20 foizini davlat foydasiga undirish sharti bilan 2 yilu 3 oy axloq tuzatish ishlariga jalb qilingan.

Valiyeva, bundan tashqari, 3 yilgacha advokatlik faoliyati bilan shug‘ullanish huquqidan mahrum etilgan.

Prokuratura rasmiysiga ko‘ra, fuqaro V. Batdalova fuqarolik ishlari bo‘yicha Uchtepa tumanlararo sudiga uy-joy mojarosi bo‘yicha da‘vo kiritgan. Ikki nafar advokat yollab ham ishda yutib chiqa olmagan da‘vogar “Veritably Victory” byurosi rahbariga yordam so‘rab murojaat qilgan.

Huquq-tartibot idorasiga ko‘ra, advokat Valiyeva “ishni sudya bilan kelishib hal qilib berish” evaziga dastlab 10 ming AQSh dollari talab qilgan, savdolashuvdan keyin so‘ralgan mablag‘ 5 ming dollarga tushirilgan.

Ma‘lum bo‘lishicha, mijoz Batdalovaning o‘zi huquq idoralariga advokat pul talab qilayotgani haqida ariza bergan.

Bu mahalliy advokatlarning poraga vositachilik qilishda ayblanib, birinchi bor qamalishi emas. “Advokatlar – sudya bilan jabrlanuvchilar o‘rtasidagi dallol” qabilidagi iddaolar ham ko‘pdan beri aytib kelinadi.

Ayni paytda, kuch ishlatar idoralar chizgan chiziqdan chiqib, ularning g‘ashiga tekkan mustaqil fikrli advokatlar ham turli usullarda jazoga tortilishi aytiladi.

Tahlilchilarga ko‘ra, 2008 yil sentyabrda O‘zbekiston advokatlar palatasi ta‘sis qilinishi ortidan ular ustidan davlat nazorati kuchaytirilgan. Advokaturadagi islohotlar tizimni o‘zgacha fikrlovchi advokatlardan “tozalash” sifatida baholangan.

Kuzatuvchilarga ko‘ra, so‘nggi yillarda mamlakatda turli ayblovlar bilan hibsga olingan muxolifat vakillari, huquq himoyachilari va mustaqil jurnalistlarni himoyalashga jur‘at qilgan advokatlar keskin kamaygan. Yurak yutib bunga qo‘l urganlar ham advokatlik guvohnomasidan mosuvo etilgan.

Masalan, huquq faollari, muxolif siyosatchilar va jurnalistlarni himoya qilgan o‘zbekistonlik taniqli advokat Ruhiddin Komilovning guvohnomasi 2009 yilda bekor qilingan. Xabarlarga ko‘ra, malaka komissiyasiga bir necha bor hujjat topshirgan Komilov har gal turli vajlar bilan imtihondan o‘tkazilmagan.
XS
SM
MD
LG