Линклар

Шошилинч хабар
18 апрел 2024, Тошкент вақти: 15:05

O‘zbekiston FIFA reytingida 1 pog‘ona pastladi


FIFA tashkiloti e‘lon qilgan futbol bo‘yicha milliy terma jamoalar reytingida O‘zbekiston o‘tgan oyga nisbatan 1 pog‘ona pastladi.

Ayni damda O‘zbekiston FIFA jahon reytingida 70-o‘rindan joy olgan.

Osiyo zonasida yesa O‘zbekiston 6-o‘rinda mustahkam bormoqda. Osiyoda birinchi beshtalikka Avstraliya, Yaponiya, Janubiy Koreya, Eron va Xitoy terma jamoalari kirgan.

FIFAning jahon reytingi birinchi uchtaligida esa Ispaniya, Germaniya va Urugvay terma yamoalari o‘rin olgan.

Mintaqa mamalakatlari orasida O‘zbekiston dadillik bilan birinchilikni saqlab qolmoqda.

O‘zbekistonning FIFA reytinggida egallagan eng yuqori pog‘onasi 2006 yil noyabr oyiga to‘g‘ri keladi. Unda terma jamoamiz jahon reytingida 45-o‘rinni olgan edi.

FIFA reytingi har oyda yangilanib turiladi.
XS
SM
MD
LG