Линклар

Шошилинч хабар
27 июл 2024, Тошкент вақти: 07:05

FIFA prezidenti Yozef Blatter O‘zbekistonga keladi


O'zbekiston milliy futbol terma jamoasi sardori Server Jeparov 2011 yilgi Osiyoning eng yaxshi futbolchisi unvonini Yozef Blatter qo'lidan olmoqda. 23 noyabr 2011 yil.
O'zbekiston milliy futbol terma jamoasi sardori Server Jeparov 2011 yilgi Osiyoning eng yaxshi futbolchisi unvonini Yozef Blatter qo'lidan olmoqda. 23 noyabr 2011 yil.
FIFA prezidenti Yozef Blatter 15-16 may kunlari rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonga keladi. Bu haqda O‘zbekiston Futbol Federatsiyasi ma‘lum qildi.

FIFA rahbari boshchilik qilgan delegatsiya Toshkentga 15 may kuni kelishi, rasmiy uchrashuvlar esa 16 may kuni boshlanishi aytilmoqda.

O‘zbekistonda Yozef Blatterga OFK prezidenti vazifasini bajaruvchi Jang Jilong hamrohlik qiladi.

Tashrif davomida delegatsiya O‘zbekiston Futbol Federatsiyasi rahbariyati bilan uchrashadi hamda qator futbol muassalari, jumladan, qurilishi davom etayotgan “Bunyodkor” stadionini ko‘zdan kechiradi.

FIFA delegatsiyasi 16 may kuni tashrif yakuni bo‘yicha matbuot anjumani o‘tkazadi.
XS
SM
MD
LG