Линклар

Шошилинч хабар
25 апрел 2024, Тошкент вақти: 08:36

Eron prezidenti London olimpiadasiga bormoqchi


Eron prezidenti Maxmud Axmadiynajod eronlik sportchilarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida London olipiadasiga borishini bildirdi.

Biroq Buyuk Britaniya hukumati Eron prezidentini o‘z hududida qabul qilish yoki qilmasligi hozircha noma‘lum bo‘lib qolmoqda. Maxmud Axmadiynajodning o‘zi esa Eronning IRNA agentligiga “Eronlik sportchilar bilan birga bo‘lgim keladi, biroq Britaniya meni qabul qilmasligi ehtimol”, deb aytgan.

G‘arb davalatlari, jumladan, Buyuk Britaniya Eron yadroviy qurol ishlab chiqmoqda degan gumon bilan bilan Tehronga qarshi sanktsiyalarni qabul qilgan.

2011 yilda Texrondagi Britaniya elchiligiga bir guruh norozilar tomonidan qilingan tahdiddan so‘ng London Erondagi diplomatlarini chaqirtirib olgan edi.
XS
SM
MD
LG