Линклар

Шошилинч хабар
18 апрел 2024, Тошкент вақти: 21:48

Madhiya aytmagan futbolchi terma jamoadan haydaldi


Adem Lyaich Ispaniya terma jamoasiga qarshi o'yin oldidan Serbiya madhiyasi ijro etilayotgan paytda boshini egib turdi.
Adem Lyaich Ispaniya terma jamoasiga qarshi o'yin oldidan Serbiya madhiyasi ijro etilayotgan paytda boshini egib turdi.
Serbiya futbol terma jamoasi murabbiysi Sinitsa Mixaylovich yarim himoyachi Adem Lyaichni terma jamoadan haydadi.

Bunga o‘yinchining Ispaniya terma jamoasiga qarshi o‘tgan o‘rtoqlik uchrashuvi oldidan Serbiya davlat madhiyasini ijro etishdan bosh tortgani sabab bo‘lgani aytilmoqda.

Italiyaning “Fiorentina” klubida faoliyat ko‘rsatuvchi Lyaich Serbiya madhiyasini “shaxsiy sabablar” tufayli ijro etmasligini aytgan.

21 yoshli Adem Lyaich asosiy axolisi pravoslav nasroniylar bo‘lgan Serbiyaning musulmon ozchiligi vakilidir.

Eslatamiz, Serb askarlari 1995 yili Bosniya va Gertsegovinadagi Srebrenitsa shahrida Bosniya musulmonlarini ommaviy qatl etishda ishtirok etganlikda ayblanib kelinadi.
XS
SM
MD
LG