Линклар

Шошилинч хабар
26 апрел 2024, Тошкент вақти: 12:32

Maktabdan keyin yoshlarni nima kutyapti?


Ozodlik Onlayn dasturi boshlovchisi Kamoliddin Rabbimov. Prodyuser Alisher Siddiq.
Ozodlik Onlayn dasturi boshlovchisi Kamoliddin Rabbimov. Prodyuser Alisher Siddiq.
2011-2012 o‘quv yilidan so‘ng, rasman 561 ming o‘quvchi 9-sinfni, 8227 nafar yigit-qiz 11-sinfni bitirdi. Prezident Karimov qaroriga ko‘ra, bulardan sal kam 57 minggi o‘qishni oliy o‘quv yurtida davom ettiradi.

Litseyu-kasb hunar kollejlarda o‘rinlar ancha yetarliga o‘xshaydi.

Ammo yarim millionlik yoshlar armiyasi nimani tanlaydi? Va ularning tanlovi nimaga bog‘liq?

Zamon charxpalagi ortga qaytib, yana maktab bitiruvchisiga aylanib qolganingizda, siz qanday yo‘ldan borgan bo‘lar edingiz?

Ozodlik Online dasturining birinchi mavzusi shu haqda.

Dastur mehmoni tahlilchi Suhrobjon Ismoilov Toshkentdan Skype orqali aloqada bo‘ladi.

“Ozodlik Online” - Internetdagi zamonaviy media platformalarni bitta tugal audio dasturga birlashtirgan Ozodlikning jonli interaktiv loyihasi.




********

“Ozodlik Online” dasturida o‘zbek jamiyatining ilg‘or vakillari bilan haftaning eng asosiy voqealari, millatning eng dolzarb muammolari muhokama etiladi.

Dasturni har dushanba kuni Toshkent vaqti bilan soat 22:00 da www.ozodlik.org hamda Ozodlikning “Facebook” sahifasida jonli eshiting!

“Ozodlik Online” tinglovchilari dastur davomida Skype orqali (ozodskype) to‘g‘ridan to‘g‘ri aloqaga chiqib ochiq muloqot ishtirokchisiga aylanishlari mumkin.

“Ozodlik Online” dasturida Ozodlikning “Facebook” va “Twitter” dagi sahifasi orqali ham qatnashish mumkin. Ayni paytda savol va sharhlaringizni +420724 971 539 raqamiga SMS tarzda yo‘llashingiz mumkin.
XS
SM
MD
LG