Линклар

Шошилинч хабар
19 апрел 2024, Тошкент вақти: 09:48

Rossiya futbol federatsiyasi fanatlarni ogohlantirdi


Rossiya futbol federatsiyasi fanatlar bezoriliklari tufayli Yevro 2012 o‘yinlarida qatnashayotkan Rossiya terma jamoasi o‘z ochkolaridan ajralishi mumkinligini aytib, muhlislarni intizomga chaqirdi.

Bundan oldin Yevropa futbol assotsiatsiyalari ittifoqi hisoblangan UYEFA Rossiya futbol ittifoqiga nisbatan intizomiy jazo ko‘rish yuzasidan ish ochgan edi.

UYEFAning ma‘lum qilishicha, bunga payshanba kuni Yevropa futbol chempionati doirasida uchrashgan Rossiya-Chexiya terma jamoalari o‘yini payti va o‘yindan so‘ng rus ishqibozlari o‘zlarini madaniyatsiz tarzda tutgani sabab bo‘lgan.

Ayni damda YouTube saytiga Polьshadagi rus futbol ishqibozlari uyushtirgan bezoriliklar tasvirga tushirilgan bir nechta videoroliklar yuklangan.

Video: Rossiyalik fanatlar Rossiya-Chexiya o'yinidan so'ng tadbir tashkilotchilari bilan mushtlashdi.

XS
SM
MD
LG