Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 04:07

Yevro 2012: Xorvatiya C guruhi peshqadami


C guruhidagi ikkinchi jusftlik Ispaniya-Italiya uchrashuvi 1:1 hisobi bilan yakunlandi.
C guruhidagi ikkinchi jusftlik Ispaniya-Italiya uchrashuvi 1:1 hisobi bilan yakunlandi.
Xorvatiya terma jamoasi Irlandiya termasi ustidan 3:1 hisobida qozongan g‘alabasidan so‘ng Yevropa chempionatining C guruhida peshqadamga aylandi.

Polshaning Poznan shaxrida o‘tgan uchrashuv asosan Xorvatiya jamoasi ustunligida o‘tdi. Uchrashuvda xorvatiyalik hujumchi Mario Mandzukich dubl muallifiga aylandi.

C guruhidagi ikkinchi juftlik Ispaniya va Italiya o‘rtasidagi uchrashuvda 1:1 hisobi qayd etildi.

Bugun esa Ukrainada D guruhi o‘yinlari bo‘lib o‘tadi.

Donetsk shahrida Angliya terma jamoasi Frantsiya termasiga qarshi maydonga tushadi. Kiyev shahrida esa mezbonlar Ukraina terma jamoasi Shvetsiya bilan bellashadi.

1 iyulgacha davom etadigan Yevro 2012 o‘yinlariga Polsha va Ukraina birgalikda mezbonlik qilishmoqda.
XS
SM
MD
LG