Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 07:15

“Carlsberg Uzbekistan” pivo zavodi nima sabab to'xtab qoldi?


Daniya shirkati O‘zbekistonda yiliga 145 million litr pivo ishlab chiqarayotgan edi.
Daniya shirkati O‘zbekistonda yiliga 145 million litr pivo ishlab chiqarayotgan edi.

Toshkentda Daniya sarmoyasi asosida tashkil etilgan “Carlsberg Uzbekistan” pivo zavodi¸ shirkat matbuot kotibining Ozodlikka bildirishicha¸ xom-ashyo yetishmovchiligi sababli O‘zbekistonda faoliyatini vaqtincha to‘xtatgan.

O‘tgan hafta Carlsberg Uzbekistan shirkatini "qora niqobli" tekshiruvchilar bosgani, zavodning Rossiya fuqarosi bo‘lgan rahbari bunday yalpi tekshiruvlar ortidan O‘zbekistondan qochgani va “Carlsberg Uzbekistan” ham mamlakatda faoliyatini butunlay to‘xtatgani haqida xabarlar tarqaldi.

Ammo shirkatning Daniyadagi bosh qarorgohidan Ozodlikka yo‘llangan elektron maktubda bu xabarlar bilvosita inkor etildi.

- Pivo ishlab chiqarish uchun muhim bo‘lgan xom-ashyo yetishmayotgani sababdan zavod faoliyatini vaqtincha to‘xtatdi, deydi "Carlsberg group"ning Kopenhagen shahridagi bosh qarorgohi matbuot vakili Ben Morton.

Ayni paytda janob Morton O‘zbekistondagi shirkat faoliyati uchun muhim bo‘lgan qanday xom-ashyo yetishmayotgani va zavod faoliyati qachon tiklanishi haqida ma‘lumot bermadi.

"Carlsberg Uzbekistan" so‘nggi 6 yil davomida O‘zbekiston bozorida pivo va boshqa salqin ichimliklari bilan o‘z o‘rnini topgan.

Daniyadagi "Carlsberg Group" tarkibiga kiruvchi bu shirkat O‘zbekistonga 100 million AQSh dollaridan ortiq sarmoya yotqizgan va rasmiy hisob-kitobga ko‘ra¸ 145 million litr pivo mahsulotlari ishlab chiqarayotgan edi.

“Carlsberg Uzbekistan” shirkatining Rossiya fuqarosi bo‘lgan rahbari Yevgeniy Shevchenko ham O‘zbekistonni butunlay tark etgan.

Shevchenkoning qochishiga ham kompleks tekshiruvlar payti shirkat faoliyatida aniqlangan nuqsonlar sabab bo‘lgani aytilgan edi.

Janob Mortonga ko‘ra, Shevchenko "Carlsberg group" tarkibida boshqa lavozimga o‘tkazilgani sabab O‘zbekistonni tark etgan:

- Janob Shevchenko yil boshida unga guruhimiz doirasida boshqa lavozim taklif etilganidan so‘ng O‘zbekistondan chiqib ketdi, dedi Ozodlikka Ben Morton.

O‘zbekistonda yirik shirkat rahbarlari va taniqli ishbilarmonlarning qamalish xavfi bois qochishlari so‘nggi yillarda ko‘payib bormoqda.

O‘zbekistondagi eng yirik mobil aloqa operatori MTS-O‘zbekiston shirkati bosh direktori Bekzod Ahmedovning shirkat moliyaviy xo‘jalik faoliyatida qonunbuzarliklar aniqlanishi ortidan o‘tgan hafta mamlakatdan qochib ketgani haqda xabar qilindi.
XS
SM
MD
LG