Линклар

Шошилинч хабар
27 июл 2024, Тошкент вақти: 06:40

Piyoda Hajga chiqqanlar hokim mehmoni bo‘ldi


Hajga piyoda chiqqan sakkiz nafar tojikistonlik ziyoratchi.
Hajga piyoda chiqqan sakkiz nafar tojikistonlik ziyoratchi.

Haj ziyoratini ado etish niyatida Saudiya Arabistoniga poyi piyoda yo‘lga chiqqan sakkiz nafar tojikistonlik ziyoratchini Afg‘onistonning Balx viloyat hokimi Ato Muhammad Nur mehmon qildi.

Tojikistonning Hamadoniy tuman fuqarolaridan iborat sakkiz dindor shu yil may oyi boshida yo‘lga chiqqan edi. Ayni kunlarda ular Afg‘oniston bo‘ylab sayohat qilayotganlari ma‘lum bo‘ldi.

Yoshi 21 va 65 oralig‘ida bo‘lgan ziyoratchilar guruhi yetakchisi Abdulaziz Rajabov Ozodlik radiosi bilan telefon orqali suhbatda “balxliklarning viloyat hokimiga tahsin aytishlari bizni u bilan uchrashishimizga turtki bo‘ldi”, dedi.

- Balx viloyatiga kirganimizda juda ko‘p obod joylarni ko‘rdik va bu viloyat aholisining aksariyati bu obodonchiliklarni va hayotidagi yaxshi tomonga o‘zgarishlarni faqat o‘z lideri Nur janoblari bilan bog‘laydi. Biz uning bilan uchrashishga qaror qildik. Xudoga shukur, hokim bizni juda samimiy qabul qildi, safarimizda asqotadigan sovg‘alar ulashdi, deydi Abdulaziz Rajabov.

Uning aytishicha, Ka‘ba ziyoratiga otlangan tojikistonlik dindorlar Afg‘oniston safarida, shuningdek, Ahmadshoh Ma‘sud va Burhoniddin Rabboniy qabrlarini ham ziyorat qilganlar.

Ayni paytda Shibirg‘on viloyatiga yaqinlashib qolgan tojikistonlik ziyoratchilar afg‘on tuprog‘ida biror muammoga duch kelmaganlarini aytadi. “Aksincha, - deydi ular, - bu mamlakat aholisi bizga juda katta hurmat va e‘tibor qaratayotibdi”.

Sakkiz kishidan iborat tojikistonlik dindorlar guruhi shu yil oktyabr oyida, ya‘ni dunyo musulmonlari Makkada buyuk Haj ziyoratini ado qilish uchun to‘planayotgan vaqtda Saudiya Arabistoniga kirib borishni rejalashtirgan.
XS
SM
MD
LG