Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 15:01

Zlatan Ibragimovichning otasi Frans Bekenbauer ekanligini bilarmidingiz?


Shvetsiya terma jamoasi hujumchisi Zlatan Ibragimovich (o'ngda) Fransiya termasi himoyachisi Filipp Meksesga qarshi to'p uchun kurashmoqda.
Shvetsiya terma jamoasi hujumchisi Zlatan Ibragimovich (o'ngda) Fransiya termasi himoyachisi Filipp Meksesga qarshi to'p uchun kurashmoqda.
Braziliya dunyoga dong'i ketgan futbolchilari bilan barchamizga tanish. Lekin u yerda futbolsevarlik bo'yicha professional futbolchilardan qolishmaydigan ishqibozlar ham yashaydi.

Xuddi shunday braziliyalik futbol muhlislaridan biri yaqinda tug'ilgan o'g'liga taniqli shved futbolchisi Zlatan Ibragimovich ismini berdi.

Braziliyaning Resifi shahrida tug'ilgan bolakayning to'liq ismi Zlatan Ibragimovich Lima da Silva, deya xabar beradi SporTV.com nashri.

Eng qizig'i shundaki, jajji Ibragimovich ostasining ismi ham futbolcha - Frans Bekenbauer, Yevropa va dunyo chempionligini qo'lga kiritgan afsonaviy nemis fulbochisi sharafiga qo'yilgan.

Ibragimovichning otasi Bekenbauer mahalliy "Santa-Kruz" futbol klubiga muhlislik qiladi. U Zlatanni ulg'ayib, buyuk futbolchi bo'lishiga va "Santa-Kruz" jamoasida to'p surishiga ishonchi komil.

Braziliyada bolalarga taniqli futbolchilar ismini berish holatlari tez-tez uchrab turadi.

Globo Esporte nashrining xabar berishicha, yana o'sha "Santa-Kruz" jamoasi muhlislari orasida to'rt yashar Devid Shevchenko bor. Uning ismi taniqli futbolchilar Devid Bekxem (Angliya) va Andrey Shevchenko (Ukraina) sharafiga qo'yilgan.

O'zbekistonda ham taniqli futbolchilar ismini olganlar bormi?
XS
SM
MD
LG