Линклар

Шошилинч хабар
27 июл 2024, Тошкент вақти: 07:22

Qo‘shiqchi Jahongir Otajonov virtual poygada ilg‘or


Jahongir Otajonov
Jahongir Otajonov

125 mamlakatga oid hofizlarning WOMAD jonli ijro virtual tanlovida yosh o‘zbek hofizi Jahongir Otajonov uchinchi o‘rinda bormoqda.

Feysbukda 125 ijrochi orasida o‘tkazilayotgan jonli ijro tanlovida Jahongir Otajonov “Buxoro mavrigisi” va “Chetga chiq aravakash” qo‘shiqlari bilan ishtirok etmoqda.

Jahongir Otajonovning Ozodlikka aytishicha, bu ikki qo‘shiqning turkiy va forsiyda kuylanishi unga berilgan ovozlar sonini ko‘paytiruvchi omil bo‘lgan.

Ozarbayjon, Eron, Tojikiston va Turkiyadan juda ko‘p muxlislar 125 hofiz ichidan Jahongirga ovoz berib, uning tanlov piramidasi cho‘qqisiga chiqishiga ko‘mak berishgan.



Ayni paytda Facebook da hofizlar uchun ovoz berish jarayoni davom etmoqda.

Seshanba ertalab ikkinchi o‘rinda bo‘lgan Jahongir Otajonov seshanba tushdan keyin uchinchi o‘ringa tushdi.

Birinchi o‘rinda eronning “No‘shband” musiqa guruhi bormoqda.

Ovoz berish 27 iyul kuni yakunlanadi.

G‘olibni FAQAT Feysbukda berilgan ovozlar, ya‘ni Like (Thumbs Up) soni aniqlaydi. Eng ko‘p ovoz olib 1-o‘rinni egallagan san‘atkor iyulda Londonda bo‘ladigan WOMAD jonli ijro xalqaro festivalida 45 daqiqa qo‘shiq kuylash huquqini qo‘lga kiritadi.

Feysbukdagi jarayonni kuzatayotgan 20 yashar AQShdagi o‘zbek yuzeri Nodiraga ko‘ra 125 davlat hofizlari ichidan Jahongir Otajonovning uchinchi o‘ringa chiqishi san‘atkorning katta yutug‘idir.

Jahongir Otajonovning muxlisi bo‘lgan Nodira feysbukdagi o‘zbeklarning Jahongir Otajonovni qo‘llamayotganidan taassuf bildirdi.

Ozodlik bilan mikrofonsiz suhbatda Jahongir Otajonov ashulachi bo‘lishiga bundan 20 yil burun o‘tkazilgan tanlov sabab bo‘lganini bildirdi:

-Televizorda klassik qo‘shiqlar tanlovi bo‘ldi. Men o‘shanda ippodromda savdo qilar edim.

Tanlovda qatnashganimdan keyin bir pasda hamma taniydigan hofizga aylandim¸ deydi Jahongir Otajonov

O‘zbekiston xalq artisti Ortiq Otajonovning jiyani bo‘lgan 41 yashar Jahongir Otajonov Xorazm xalq qo‘shiqlarini jonli ijro qilib kelayotgan hofiz sifatida ko‘riladi.

O‘z jiyani Jahongir Otajanovning Facebook dagi poygasini kuzatayotgan Ortiq Otajonov Ozodlik orqali unga omad tiladi:

-Jiyanim Jahongir Otajonov to‘g‘risida gapirsa arziydigan ashulachi. Jahongir klassikani ham yaxshi ijro qiladi. Tanbur chaladi o‘zi, konservatoriyani tugatgan, ma‘lumoti yaxshi.
Yaqinda mana Istiqlol saroyida ikki kun kontsert berdi. Ikki kun kontsert ham 100 foiz jonli ijro bo‘ldi. Bunday juda qiyin. Bugungi yoshlarimiz ko‘pchiligi fonogrammaga o‘rganib qolgan.

Lekin bu jur‘at qildiki, jonli ijro qilaman deb hammaga ma‘qul bo‘ldi. Hammaning og‘zida Jahongirning ijrosi. Chunki juda baland-baland pardalarda, 20-30 skripkachilar, har xil instrumentlar o‘tirib sahnani to‘ldirib bemalol ikki soatdan ziyod kontsert berdi.
Hammamiz qoyil qolamiz. Chunki o‘zbek qo‘shiqchiligiga shunday jur‘atli, shunday yurakli ashulachilar kerak bo‘ladi. Chunki bizning qo‘shiqchiligimiz past pardalarda kuylanadigan ashula emas.

Ota-bobomizdan, o‘tgan piru ustozlarimizdan qolgan Farg‘ona, Toshkent yo‘llari, Buxoro, Samarqand, Xorazm yo‘llari bular hammasi baland pardalarni talab qiladi. Pastga tushib ketsa qo‘shiqchilik unda xalqqa yetib bormaydi. Xalqimiz fidoiyligimizni, peshonamiz terini, halol mehnatimizni ko‘rib o‘rgangan. Xalqimizga bugun past pardalarda kuylasak bo‘lmaydi. Shuning uchun ham yoshlarimizga, Jahongirga sog‘liq, omonlik tilayman. Juda ham muvaffaqiyatli kelayapti hozir. Hammasi o‘ngidan kelsin. Bu O‘zbekistonimizning faxri albatta. Men Jahongir jiyanim bilan faxrlanaman¸ deydi xalq artisti.

125 davlat vakillari ichida Jahongir Otajonov ham qatnashayotgan xalkaro tanlovda ovoz berish mana bu sahifa orqali davom etmoqda:

http://apps.facebook.com/womadbandcomp/?fb_source=search&ref=ts

Tanlov ishtirokchilari orasidan Jahongirni toping va uning yonidagi Like (Thumbs Up) ni bosing.

Bosganingizdan sung Thumbs Up ni yonidagi raqam 1 ga ko‘paysa, demak ovozingiz qabul qilindi.

Ovozlar yanada ko‘proq to‘planishi uchun buni o‘z statusingizga joylashtirib, do‘stlaringizni ovoz berishga chorlang.
XS
SM
MD
LG