Линклар

Шошилинч хабар
10 май 2024, Тошкент вақти: 16:05

Google Nexus 7 planshetini taqdim qildi


Google Nexus 7 tableti.
Google Nexus 7 tableti.
Google shirkati chorshanba kuni Nexus 7 nomli planshet kompyuterini taqdim etdi.

Diagonali 17,5 sm bo‘lgan planshet Apple shirkatining iPad va Amazon ning Kindle Fire tabletlariga raqib sifatida taqdim etilmoqda.

"Jelly Bean" deb nom olgan Android operatsion dasturida ishlaydigan plantshet kompyuterini Google yil boshida sotib olgan Motorola Mobility elektron uskunalar ishlab chiqarish korxonasi emas, balki Tayvanning Asus shirkati ishlab chiqaradi.

Yangi planshet og‘irligi 340 garmm, ya‘ni iPad planshetidan ikki barobar yengilroqdir. Nexus ning batareyasi avtonom ravishda 9 soat ishlay olishi aytilmoqda.



Planshetni sotib olganlarga Google Play Internet do'konida dasturlar sotib olish uchun 25 dollar sov'ga qilinadi.

Nexus 7 ning nuqsonlari deb orqa panelda kameraning yo'qligi, oldi paneldagi kamerasi atigi 1,2 megapikslelligi, HDMI bog'lanishi o'rnatilmagani va xotira kartalarini o'qimasligi aytilmoqda.

Qo‘shma Shtatlar, Kanada, Britaniya va Avstraliyada iyul o‘rtalarida sotuvga chiqadigan Nexus 7 tableti narxi 199 AQSh dollaridir va narx jihatidan ancha raqobatbardoshdir.

Taqdimot marosimi Google San-Fransiskoda har yili tashkil qiladigan yangi texnologiyalarga bag‘ishlangan yillik anjuman doirasida o‘tkazildi.

Planshet bozorida raqobat katta


So'nggi vaqtda planshet bozoridagi raqobat borgan sari kuchayib bormoqda. Katta Internet korporatsiyalar o'z planshetlarini chiqarishni boshlashi ham bunga dalildir.

Bundan bir hafta oldin asosan kompyuter dasturlari ishlab chiquvchi Microsoft shirkati Surface nomli planshetini taqdim qilgan edi.

Windows 8 operatsion tizimining mobil uskunalar uchun moslashtirilgan Windows NT tizimi asosida ishlaydigan Surface tableti Apple shirkatining iPad planshetiga asosiy raqib bo'lishi tahmin qilinmoqda.

Amazon Internet magazini ham 2011 yilning sentabr oyida Kindle Fire nomli 199 dollarlik planshetni sotuvga chiqargan.

27 iyun kuni Kaliforniya sudi Apple shirkati da'vosini qondirib, Samsung kompaniyasi ishlab chiqargan Galaxy Tab 10.1 planshetini AQShda vaqtincha sotuvdan olinishi haqida hukm chiqardi.

Apple vakillari Samsung shirkatini Galaxy Tab planshetini ishlab chiqishda ko'p narsani iPhone smartfoni va iPad tabletida ko'chirganini aytib keladi.
XS
SM
MD
LG