Линклар

Шошилинч хабар
26 апрел 2024, Тошкент вақти: 09:21

Botir Qodirov litsenziyasini qaytarib oldi


Botir Qodirov
Botir Qodirov
Xonanda Botir Qodirov "O‘zbeknavo" estrada birlashmasi tomonidan tortib olingan litsenziyasini qaytarib oldi.

Litsenziya talablarini bajarmaganlikda ayblanib, joriy yilning 26 aprel kuni litsenziyasidan mahrum qilingan xonandaning qo‘shiqlari yana O‘zbekistondagi FM radiolarida yangray boshladi.

Avvalroq ommaviy axborot vositalarida Botir Qodirovning litsenziyasi vaqtincha to‘xtatilgani haqida xabar berilgandi.

Kuni kecha esa o‘zbek san‘atiga doxil yangiliklarni yoritib boruvchi sayyod.uz sayti xonanda litsenziyasini qaytarib olgani haqida yozdi.

Ayni paytda Botir Qodirovning litsenziyasi qaytarib berilgani to‘g‘risida "O‘zbeknavo" estrada birlashmasi rasmiy saytida biror-bir ma‘lumot keltirilmagan.
XS
SM
MD
LG