Линклар

Шошилинч хабар
19 апрел 2024, Тошкент вақти: 09:14

Andres Inyesta Yevro-2012 ning eng yaxshi o‘yinchisi


Futbol bo‘yicha Ispaniya terma jamoasi yarim himoyachisi Andres Inyesta yakshanba kuni yakunlangan Yevro-2012 chmepionatining eng yaxshi o‘yinchisi, deb topildi.

Bu haqda UYeFA veb saytida aytilmoqda.

“Barselona” futbol klubi a‘zosi Inyesta turnir davomida birorta ham gol kiritmagan bo'lsa-da, kuzatuvchilarga ko‘ra, Qizil Furiyalarning mustahkam himoyasi va qator hujumlari aynan undan boshlangan.

Yevro-2012 ning eng yaxshi topurari deb Ispaniya terma jamoasi hujumchisi Fernando Torres topildi. U turnir davomida uch golga mualliflik qilib, bir golga assistentlik qilgan.

1 iyul kuni Kiyevda o‘tgan final o‘yinida Ispaniya terma jamoasi Italiya termasi ustidan yirik 4:0 hisobida g‘alaba qozonib, Yevro-2012 chempioniga aylandi.

Murabbiy Vinsente Del Boske boshchiligidagi Qizil Furiyalar qatorasiga ikki Yevropa chempionatida va Jahon birinchiligida g‘alaba qozongan ilk terma jamoa bo‘ldi.
XS
SM
MD
LG